Shell konserni Özbekistonda işlab çiqarişni taşkil etişni rejalaştirmoqda. Bu haqda «Özbekiston 24» telekanalining «Tahlilnoma» dasturida xabar berildi, deb yozmoqda Spot.
Kontsern vitse-prezidenti Joanna Kyunsbergning sözlariga köra, Shell mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlar bilan qiziqib qoldi hamda yirik sanoat korxonalari ehtiyojlari uçun yoqilği-moylaş materiallari işlab çiqariş loyihasini körib çiqmoqda.
Bundan taşqari, Britaniyaning Kafolatlangan eksport kreditlari departamentidan energetika loyihalarini amalga oşiriş uçun mablağ jalb etiş imkoniyati ham mavjudligi aytiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq BP Özbekistondagi faoliyatini kengaytirişi, Castrol moyini işlab çiqariş rejalaştirilgani xabar qilingandi.












