BP Özbekistondagi öz faoliyatini kengaytirişga tayyor, deya xabar berdi kompaniyaning siyosiy masalalar böyiça maslahatçisi Maykl Denison. Bu haqda «Özbekiston 24» telekanalining «Tahlilnoma» dasturida aytilgan.

Uning sözlariga köra, kompaniya Qoraqalpoğistonning şimoliy Ustyurti va Farğona viloyatidagi istiqbolli konlar ustida iş olib boradi. U yerda uglevodorodlarni qazib oliş uçun ilgari qöllanilmagan texnologiyalardan foydalaniş rejalaştirilmoqda.

«BP kompaniyasi Castrol moy mahsulotlari sotuvini respublikada istiqbolli işlab çiqarişni yölga qöyiş bilan kengaytirişni rejalaştirmoqda», - deya ma'lum qildi Denison.

Bundan taşqari, kompaniya öz texnologiyalarini joriy etiş orqali muqobil energiya manbalarini rivojlantiriş va energiya samaradorligini oşirişda iştirok etişni rejalaştirmoqda.