29 oktabrdan Qirğiziston milliy banki “Tarixiy voqealar” seriyasidan örin olgan, maşhur qirğiz yozuvçisi Chingiz Aytmatovning 90 yillik tavallud kuniga “Chingiz Aytmatovning 90 yilligi” deb nomlangan kollektsion tangani muomalaga kiritdi.
Tanganing old tomonida yozuvçining surati va imzosi, çetida “Chyңgyz Aytmatov — 90 jyl" / Chingiz Aitmatov — 90 years” degan yozuv bor. Öng tomonda tanganing qiymati – 20 som körsatilgan.
Kollektsion tanganing orqa qismida esa Qirğiziston gerbi, oq kema va Ona-buğu hamda tanga çiqarilgan yil – 2018 körsatilgan.

Har bir tanga akril kapsulaga solinib, sertifikat ilova qilingan alohida futlyarga joylaştirilgan.
Mis-nikel tangadan 5 ming dona çiqarilgan. U 25 gramm kelib, 700 som turadi.
Joriy yilda yozuvçining 90 yillik tavallud ayyomi uning ona yurti Qirğiziston va boşqa köplab davlatlarda keng nişonlanmoqda. Jumladan, Turk madaniyati xalqaro taşkiloti 2018 yilni Chingiz Aytmatov yili deb e'lon qilgan.
Chingiz Aytmatov 1928 yil 12 dekabrda Qirğizistonning Talas viloyati Şakar qişloğida dunyoga kelgan, 2008 yilda Germaniyaning Nyurnbergida hayotdan köz yumgan. Qirğiziston va Qozoğiston xalq yozuvçisi. Uning köplab asarlari jahon adabiyoti durdonalari qatoridan joy olgan.












