Bugunga kelib internet insonlar hayotiga şunçalik singib ketganki, zamonaviy jamiyatni usiz tasavvur qilib bölmaydi. "Butunjahon örgimçak töri" yil sayin yangidan-yangi sohalarni qamrab olmoqda. Şunday ekan, Internet zamonamizning eng buyuk kaşfiyotlari bilan bir qatorda turişga haqli.

Internet tarixi

Ma'lumotlarni tezkorlik bilan yetkaziş qurilmasini yaratiş haqida birinçi marta 1950-yillarda AQŞda boş qotirişgan. Biroq bunday qurilmaning qöllanilişi harbiy xatti-harakatlar qayd etilgan holatlarda axborot yetkazişda ustunlikka ega böliş maqsadiga yönaltirilgan. Şu bois loyihani moliyalaştiriş uçun Amerika Qöşma Ştatlari Mudofaa vazirligi mas'ul bölgan.

ARPA (AQŞ armiyasidagi yangi texnologiyalar uçun javob beruvçi agentlik)da paydo bölgan ğoyalardan biri tarmoqqa birlaştirilgan kompyuterlardan foydalaniş böldi. Ğoya mohiyati şundan iborat ediki, bu tarmoq tugunlari maxsus ajratilgan inşootlarda bölib, ulardan biri işdan çiqqan taqdirda, qolgani avtonom işlay olardi. Bu esa har qanday xabarni zudlik bilan tegişli manzilga yöllaş imkonini berar edi.

AQŞning tört kompaniyasi loyihani amalga oşirişga kirişganidan söng ARPA ğoyasi qabul qilingan. Ular orasida Stenford tadqiqot markazi va uç universitet (Yuta, Kaliforniya ştatlaridagi Stenford universiteti va Kaliforniyadagi Los-Anjyeles universiteti) bor edi.

1961 yilda Leonard Kleyton tomonidan yaratilgan uslub işlanmani hayotga tatbiq qilişga turtki berdi.

Leonard Kleyton

Sinovlarga 1969 yilning 29 oktabrida start berilgan. Işlab çiqaruvçilar bir-biridan 640 km masofadagi ikki kompyuterni tanlaşgan. Vazifa «LOGIN» sözini bir kompyuterdan boşqasiga yöllaşdan iborat bölgan. Ikkinçi urinişdayoq ijobiy natijaga erişilgan. Şu tariqa, Internet paydo bölişining rasmiy sanasi 1969 yilning 29 oktabri hisoblanadi. Birinçi kompyuter tarmoği esa işlab çiqaruvçilar şarafiga ARPANET deya nomlangan.

Mobil internet