
28 oktabr kuni Farğona şahridagi «Istiqlol» stadionida Özbekiston Kubogi final öyini bölib ötdi.

11 152 tomoşabin guvohligida keçgan bellaşuvda OKMK va «Paxtakor» jamoalari maydonga tuşişdi. Juda qiziqarli keçgan öyinda Olmaliq şahri klubi 3:1 hisobida zafar quçdi va öz tarixida birinçi marta Özbekiston Kubogi sohibiga aylandi.

Şu tariqa OKMK Özbekiston Kubogiga ega çiqqan 8-jamoaga aylandi:
Paxtakor – (1993, 1997, 2001-2007, 2009, 2011)
Bunyodkor – (2008, 2010, 2012, 2013)
Lokomotiv – (2014, 2016, 2017)
Navbahor – (1992, 1995, 1998)
Neftçi – (1994, 1996)
Döstlik – (2000)
Nasaf – (2015)
OKMK – (2018)
Mağlubiyatga uçragan «Paxtakor» klubi mamlakat Kubogi finallarida öynaş böyiça öz rekordini yangiladi. «Şerlar» jamoasi 14-marta finalda qatnaşdi va 3-marta final öyinini boy berdi.

Qayd etiş joizki, Özbekiston Kubogi finali tarixda birinçi marta Farğona vodiysida taşkil etildi. Bunga qadar esa Özbekiston kubogi finallari Samarqand (2 marta), Toşkent, Olmaliq va Jizzax şaharlarida bölib ötgan edi. Farğona finalga mezbonlik qilgan beşinçi şaharga aylandi.

Finallar tarixida 4-marta 3:1 hisobi qayd etildi. Ilgari 2002/2003, 2008, 2011 yillarda ham hal qiluvçi öyinlar 3:1 hisobida yakunlangan edi.
Yana bir diqqatga sazovor jihat şundan iboratki, OKMK Özbekiston Kubogini qölga kiritgan Toşkent viloyatining ikkinçi jamoasiga aylandi. Bunga qadar 1999/2000 mavsumda «Döstlik» klubi finalda ğolib çiqqan edi.













