Kuçli şamollar Venetsiyada suv sathining keskin kötarilişiga olib keldi. Şaharning 75 foiz hududi suv ostida qolgan. Bu haqda ANSA axborot agentligi xabar berdi.

Ma'lum qilinişiça, gap 2012 yildan beri kuzatilayotgan eng kuçli toşqin haqida bormoqda. Suv sathining kötarilişi sababli mahalliy aholi va sayyohlar harakatlana olişi uçun vaqtinçalik köpriklar va suv usti trotuarlarini örnatişga töğri kelgan.

Favqulodda xizmatlar ma'lumotlariga köra, tabiiy ofat oqibatida 5 kişi halok bölgan, bir kişi bedarak yöqolgan.
Şaharning boş diqqatga sazovor joylaridan biri – San-Marko maydoni töliq suv ostida qolgan.

Ma'lum qilinişiça, şaharda suv sathi dengiz sathidan 150 smdan yuqoriroqqa kötarilgan. Vaholanki şaharda suv sathi 110 smdan oşganda favqulodda vaziyatdan ogohlantiruvçi sirenalar yangray boşlaydi. Suv sathining 120 smdan oşişi esa orolda joylaşgan şaharning töliq suv ostida qolişini anglatadi.
















