Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko gaz evaziga suverenitetni topshirish maqsadida Moskvaga bormaslikka va'da qildi. U bu haqda Kiyev oblastining yangi raisini tanishtirish chog‘ida ma'lum qildi, Ukraina yetakchisi so‘zlari uning rasmiy saytida joylashtirilgan.

«Qandaydir siyosatchilarning gaz bepul bo‘lishi, u tarqatilishi haqidagi so‘zlariga ishonish kerak emas. Avval bu benzin, shakar, unga qadar esa non bo‘lgandi... Biz bundan to‘yganmiz. Bepul pishloq faqat qopqonda bo‘ladi. Yoki imperiya poytaxtida, Moskvada, u yerga gaz olish va suverenitetni topshirish uchun borish kerak edi. Biz o‘sha vaqt qaytishiga yo‘l qo‘ymaymiz», - dedi u.

19 oktabrda mamlakat bosh vaziri Vladimir Groysman ukrainaliklarga 1 noyabrdan boshlab gaz narxi to‘rtdan bir qismga qimmatlashishi haqida xabar berdi. Hukumat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning xalqaro hamkorlar oldidagi qarzlari sababli gaz narxini ko‘tarish zaruriyati paydo bo‘ldi. Aks holda, Ukrainada defolt yuz berishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiya portlariga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirgandi.