AES qurilişidan Özbekiston qanday manfaat köradi - ekspert bilan intervyu
|23:00 / 31.10.201880 56922 min
Şu yilning 19 oktabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Özbekiston Respublikasida birinçi AES qurilişi loyihasining amalga oşirilişiga start berişdi.
«Buyuk kelajak» ekspert kengaşi a'zosi Qahramonjon Nasirov «Kun.uz»ga bergan intervyusida AES qurilişi borasidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi.
- Özbekistonda atom elektr stansiyasi qurilişi taşabbusiga qanday qaraysiz?
- Energetika sohasidagi investorlar bilan işlaydigan mutaxassis sifatida Özbekiston uçun yadro energiyasi foydali va kerakli deb hisoblayman. Şuning uçun mamlakatimiz prezidentining Özbekistonda yadro energetikasini rivojlantiriş töğrisidagi qarorini öqib, xursand böldim. Bu qarorni Özbekiston energetikasini, sanoatini rivojlantiriş yölidagi muhim va tarixiy qaror deb bilaman.
Afsuski, bizda yurtimizda quriladigan AES töğrisida, bu stansiyaning parametrlari töğrisida ma'lumotlar kam. Şuning uçun quyida keltiriladigan ba'zi fikrlarni uşbu AES töğrisida ommaviy axborot vositalarida yozilgan ma'lumotlardan kelib çiqqan holda bildiramiz.
Ommaviy axborot vositalaridan bilamizki, Özbekistonda quriladigan AESning qiymati 11 milliard AQŞ dollarini taşkil qiladi. «Rosatom» amalga oşirayotgan boşqa ana şunday loyihalar yoki dunyoda qurilayotgan boşqa AESlar narxi bilan soliştiradigan bölsak, bu yaxşi narx. Agarda buning içida AES bilan boğliq infrastrukturalarga kiritiladigan investitsiya ham bölsa , unda bu biz uçun a'lo qiymat hisoblanadi.
Fursatdan foydalanib aytmoqçimanki, AES qurilişi borasidagi bir qança mavzular töğrisida gapirilmayapti, xolis mutaxassislarning fikrlari yoritilmayapti. Misol uçun, AES qurilişining moliyaviy tomonlari, «Rosatom» taşkilotining boşqa AES qurilişi loyihalaridagi muammolari Özbekistonda qaytarilmaydimi, ekologiya, suv masalasi, radioaktiv materiallarni saqlaş va boşqa mavzular.
Bular haqida oçiq hamda batafsil yoziş va gapiriş prezidentimiz qaroriga qarşi çiqiş degani emas. Aksinça, bular ommaga mazkur qarorning qançalik muhim ekanligini tuşuntirişga, loyihani samarali va unumli amalga oşirişga yordam beradi deb öylayman.
- Nima uçun odamlar yadroviy (atom) sanoatga salbiy qaraşadi?
- Odamlarning atom sanoatiga salbiy qaraşiga birinçi navbatda oxirgi yillarda bölib ötgan bir neça katta avariyalar va ularning oqibatlari sabab böldi.
Mavzuga oid
Bundan taşqari, yadro sözini eşitganda köpçilikning tasavvurida yadro energiyasining kuçi va tarixda bölib ötgan ayançli voqealar paydo böladi. Ayrimlar atom qurollari bilan atom elektr stansiyalarining işlaş prinsiplarini farqlamasdan, ularning ikkisi ham xavfli degan fikrda yuradi.
Energetika sohasidagi yangiliklarni kuzatib borayotgan mutaxassislar yaxşi biladiki, oxirgi yillarda bu sohada köp narsa özgardi. Misol uçun, muqobil energiya manbalarining narxi yildan-yilga pasayib, samaradorligi oşib bormokda. Aksinça, atom elektrostansiyalarining quriliş narxlari ösib bormoqda.
Buning ustiga, atom elektrostansiyalarini ekspluatatsiya qiliş – bloklarni ta'mirlaşga, avariya oqibatlarini bartaraf qilişga katta mablağ sarf bölayotgani uçun atom kelajagiga salbiy qaraş kuçaymokda. Bundan taşqari, heç kim inson tomonidan amalga oşirilgan loyihaga heç qanday kutilmagan holat bölmasligiga yuz foiz kafolat bera olmaydi. Mana şu omillar ayrimlarning atom energetikasiga salbiy qaraşlariga sabab böladi.
- Atom elektr stansiyasi qurilişi mamlakatdagi radiatsiya darajasiga ta'sir körsatadimi?
- Yöq. Atom elektr stansiyasi mamlakatdagi radiatsiya darajasiga heç qanday ta'sir körsatmaydi. AES qurilgan hududi atrofida ham, mintaqada ham radiatsiya darajasi oşmaydi. Albatta, agarda biror xato yoki favqulodda holat sodir bölmasa.
- AES atrofidagi radiatsiya darajasi monitoring qilinadimi?
- AES atrofidagi radiatsiya darajasini monitoring qiliş birinçi navbatda davlatning vazifasi. Bu masalani heç qaçon faqat AES egasi yoki AESni ekspluatatsiya qiluvçi taşkilotning öziga berib qöymaslik kerak. Özbekistonda AES faoliyatini va umuman yadro sohasini nazorat qiluvçi organ taşkil etiş kerak. «Özatom» yoki «Özbekenergo» bu sohani xolis tekşira oladimi, yöqmi, biror narsa deya olmayman. Çunki bitta taşkilot ham AES loyihasida iştirok etib, ham bu loyihani tekşiruvçi sifatida qatnaşişi töğri bölmaydi menimça.
Ayrim davlatlarda AES atrofidagi radiatsiyani monitoring qiliş huquqi uning atrofidagi aholi punktlariga ham berilgan. Bundan taşqari, mahalliy, nodavlat yoki ekologik taşkilotlarga AES atrofidagi radiatsiyani ölçaş, AES faoliyati töğrisidagi ma'lumotlar bilan bemalol, tösiqsiz tanişiş huquqi berilgani yaxşi. Masalan, Çexiyada AES atrofida yaşaydigan fuqarolar ham davlatdan radiatsiya ölçaş uskunasini bepul olib, elektrostansiya atrofidagi radiatsiyani ölçaş huquqiga ega.
- Ko‘pçilikni suv masalasi qiziqtiryapti...
- Bu tuşunarli savol. Va nozik savol. Boya aytganimdek, biz qurilajak AESning köp parametrlarini hali bilmaymiz. Mening taxminimça, bizda qurilayotgan AES yiliga taxminan 38-40 million kub metr suv tortib olib, taxminan 8-10 million kub metr suvni AESdan taşqariga qaytarib çiqaradi. Suvning köpi buğlanib ketadi. Demak, AESga yaqin joyda yetarli darajada suv manbasi bölişi kerak.
Çiqayotgan suvning sifatiga kelsak, umumiy holatlarda AESdan toza suv çiqadi. Köpinça AESdan çiqayotgan suv tarkibida tritiy moddasi böladi. Agarda kutilmagan hodisalar bölmasa, uşbu suv tarkibidagi tritiy kabi moddalar soğliqqa zarar keltiradigan darajada köp bölmaydi.
AES mutaxassislaridan taşqari, mahalliy taşkilotlar ham çiqayotgan suv tarkibini doimiy nazorat qilib turişi lozim. Çunki tritiy moddasi filtrlanmaydi, ya'ni suvni tozalaş imkoniyati yöq, şuning uçun suvda tritiy miqdori köpayib ketsa, vaqtida aholi va mahalliy hukumatga bu haqda ma'lumot berilişi kerak.
- AES qançalik himoyalangan bölmasin, u baribir xavfli degan fikrga qöşilasizmi?
- AES - xavfsiz elektr energiya manbai. Oxirgi bir neça ön yillar davomida yadro energetikasi xavfsizligi ança takomillaşgan va kuçaygan. Uşbu energiya manbasini tanqid qilayotganlarning AESlarning birinçi örinda xavfli ekanligi töğrisidagi fikrlariga qöşilmayman. AES qurilişi va ekspluatatsiyasida xavfsizlikdan köra dolzarbroq boşqa masalalar bor.
Lekin, albatta AESlar içkarisida ham, taşqarisida ham qandaydir darajada xavf saqlanib qoladi. Şuning uçun AES mutlaqo xavfsiz degan fikr ham notöğri. Ba'zi misollarni keltirsak: «Rosatom» taşkiloti bilan bitim tuzgan Vengriyaning Pakş AESida aprel oyida avariya böldi va AESdan taşqariga radioaktiv moddalar çiqib ketdi. Yoki sentabr oyida Çexiyaning Temelin AESida suv regulyatsiyasi avtomati «adaşib» radioaktiv suvni omborga emas, birinçi konturdan taşqaridagi, lekin AES içidagi suv omboriga çiqarib yuborgan. Afsuski, mana şunday katta-kiçik avariyalar hozirgi kunda ham uçrab turadi.
Taşqi xavflarga kelsak. Masalan, bizda qurilişi közda tutilayotgan SSER 1200 energobloki samolyot zarbasiga çiday oladimi-yöqmi – Finlyandiyada qurilayotgan AES böyiça mutaxassislar bu töğrisida hozirgaça bahs yuritişmoqda.
Bundan taşqari, biz seysmologik faol hududda yaşaymiz. Şu bois ehtimoliy zilzila va uning AES içida bölayotgan jarayonlarga ta'sirini e'tiborga olişimiz şart.
Terrorçilar tomonidan bölişi mumkin tahdidga kelsak, bu xavfning oldini oliş öz qölimizda va işonçim komilki, bizning xavfsizlik organlarimiz va armiyamiz bunday xavfning oldini oliş uçun yetarli darajada kuç va salohiyatga ega.
- Özbekistonda qurilişi möljallanayotgan AES qay darajada zamonaviy?
- Ommaviy axborot vositalariga köra, «Rosatom» taşkiloti Özbekistonda «Z+» SSER – 1200 raqamli energoblokini örnatmoqçi. Bu «Rosatom»ning zamonaviy qurilmalaridan biri.
Umid qilamizki, bizning mutaxassislar «Rosatom» Özbekistonga qay darajada zamonaviy jihozlangan blokni örnatmoqçi ekanligini yaxşi nazorat qilişyapti.
SSER – 1200 reaktorli energobloklari Belarusda, Xitoyda, Vengriyada va Rossiyada örnatilgan hamda örnatilyapti. Bu reaktorning zamonaviy ekanligiga şubha yöq.
Bizning mutaxassislarimiz «Rosatom» qurişni boşlagan yoki loyihalaştirayotgan AESlardagi va qisman örnatayotgan uskunalardagi muammolarni ham albatta örganib çiqişi va kompaniya bilan bu muammolar töğrisida batafsil fikrlaşib olişi lozim deb öylayman.
- Yevropa Ittifoqida radioaktiv çiqindilarni saqlaş böyiça aniq qonun-qoidalar mavjud. Yadro energiyasi olişda foydalanilgan radioaktiv çiqindilarni faqat yer ostida saqlaşga körsatma berilgan. Radioaktiv çiqindilar kömiladigan «ombor» kamida 100 metr çuqurlikda bölişi kerak. Bunday ombor qurişda yerning tarkibi muhim rol öynaydi. Kuçli zilzila sodir böliş ehtimoli bor joylarda radioaktiv çiqindi uçun ombor quriş ma'qul emas.
Hozirgi kunda köp AESlar işlatilgan «yonilği»ni vaqtinça AES içidagi alohida «basseyn»da saqlaşadi. Keyin esa radioaktiv çiqindilar uçun möljallangan quruq omborlarda saqlanadi. Çiqindilar bunday omborlarda 50-60 yilgaça saqlanişi mumkin. Keyinçalik radioaktiv materiallar alohida qurilgan yerosti omboriga kömiladi. Yerosti omborlari betonlangan bölib, radioaktiv çiqindilar maxsus konteynerlarda kömiladi. Bu materiallar yer ostida atrof-muhitga zarar keltirmaydigan darajada izolyatsiya qilingan holatda böladi. Lekin bunday yerosti omborlari hamma mamlakatlarda ham mavjud emas.
Işlatilgan «yonilği» reaktordan çiqqanidan keyin ham unda qançadir miqdorda energiya saqlanib qoladi. Ba'zi mamlakatlar bugungi kunda bu «çiqindi»dan yana yangi yonilği olmoqda. Lekin bu jarayonda ham radioaktiv çiqindilar çiqadi. Demak, bu yölda hali izlanişlar olib boriladi menimça. Ba'zi bir mamlakatlar esa çiqindi yonilğidan yangi reaktorlar turida foydalanişni sinab körmoqda (reaktorlarning 4-avlodi). Hozirça radioaktiv çiqindi muammosini butunlay hal kiladigan boşqa yeçim yöq va bu çiqindilarni yer ostida saqlaşga majburmiz.
Ba'zi mamlakatlar öz AESidan çiqqan radioaktiv çiqindini öz hududida saqlamaydi va boşqa davlatlar bilan bu çiqindilarni saqlaş töğrisida bitim tuzişadi. Misol uçun, Vengriya, Bolgariya kabi davlatlar Rossiya bilan bitim tuzib, öz yadroviy çiqindilarini saqlaş uçun Rossiyaga berişadi.
Agarda kelajakda boşqa yeçim topilmasa, radioaktiv çiqindilar şu kabi omborlarda minglab yillar saqlanişi mumkin.
- Stantsiyadan neça yil davomida foydalaniladi va ekspluatatsiya muddati tugaganidan söng AES nima böladi?
- Biz aytib ötgan energobloklar taxminan 60 yilgaça işlaşi mumkin. Bundan keyin ham sarmoya kiritib reaktorlar «umri»ni uzaytirsa böladi.
Lekin bu yerda bir muhim narsani aytib ötişimiz kerak. Energoblokni 60 yil ekspluatatsiya qiliş mumkin deganimiz 60 yil içida boşqa sarmoyasiz faqat xom aşyo evaziga elektr energiyasi olamiz degani emas. Bu davr içida atom reaktorlari ta'mirlab turilişi kerak. Va bu ta'mirlaş işlari arzonga tuşmaydi.
AESdan foydalaniş davridagi xarajatlarga ozgina çuqurroq qarasak, energoblok işini çeklaydigan va doimiy sarmoya talab qiladigan jihatlar mavjud: bosim ostida işlaydigan idiş, nasoslar, turbinalar, sovutiş minoralari, xavfsizlik tizimini yangilaş...
Ikkinçi savolingizga kelsak, ekspluatatsiya muddatini doimiy uzaytiriş imkoniyati yöq va muddati tugaganidan keyin albatta AESni likvidatsiya qiliş kerak. AES likvidatsiyasi oson, tezda bitadigan va arzon iş emas. Qisqa qilib aytsak, energoblokni likvidatsiya qilişning eng qiyin joyi bu birinçi, primar bölimi. Çunki bu bölim eng radioaktiv zaharlangan bölimdir. Köpinça uşbu bölimni xavfsiz likvidatsiya qiliş uçun energobloklar töxtatilib, ön yillab kutiladi. Çunki bu bölimdagi radiatsiya juda kuçli va hayot uçun juda xavflidir. Ön yillar içida radionuklidlar parçalanib, radiatsiya ança pasayadi va bu bölimda iş boşlaş imkoniyati paydo böladi.
Energobloklardan çiqqan barça radioaktiv materiallar xuddi radioaktiv çiqindi qanday saqlansa, şunday tarzda yerosti omborlariga kömilişi kerak. AES örni esa uzoq vaqtgaça kiriş mumkin bölmagan hududga aylanadi.
Atom energiyasi xalqaro taşkilotining hisob-kitobiça, bitta reaktor faoliyatini tugatib buziş uçun taxminan 500 million dollar sarflanadi.
- Mazkur AES qurilişidan Özbekiston qanday manfaat köradi?
- Bu juda keng qamrovli savol. Bu savolga javob sifatida alohida maqola yoziş mumkin.
Özbekistonda elektr energiyasi tanqisligi faqat mutaxassislarga emas, aholiga ham ma'lum. AES qurilişi bilan mamlakatimizdagi köplab dolzarb muammolar yeçiladi va yangi sohalar rivojlanişiga zamin yaratiladi. Bu loyiha aholini elektr energiyasi bilan ta'minlaşdan taşqari, yangi iş örinlari yaratilişiga ulkan hissa qöşadi. Çunki zamonaviy işlab çiqariş – zavod-fabrikalarning energiyaga bölgan talabi kuçli va biz agarda mamlakatimizga yangi investitsiyalarni jalb qilmoqçi bölsak, iqtisodiyotni rivojlantirmoqçi bölsak, bizga mana şunday kuçli elektr energiya manbai zarur.
- AES işga tuşişi bilan elektr energiyasi narxi arzonlaşadimi yoki uzluksizligi ta'minlanadimi?
- Aytib ötganimdek, biz Özbekistonda AES qurilişining barça moliyaviy taraflaridan xabardor emasmiz. Agarda barça rejalar samarali amalga oşirilsa, AES yana ön yildan söng işga tuşadi. Bu vaqtgaça energetika sohasi joyida turmaydi va köp narsa, şu jumladan elektr energiyasi narxini aniqlaş tartibi ham özgaradi.
Umuman olganda, AES elektr energiyasi narxini pasaytirmaydi. MDH davlatlari yoki boşqa mamlakatlardagi energiya narxlarini kuzatib ayta olamizki, elektr energiyasi narxi pasaymaydi va mening fikrimça, ösib boradi.
Uzluksiz ta'minlaşga kelsak, albatta AES aholini hamda sanoatni, işlab çiqariş sohasidagi korxonalarni uzluksiz elektr energiya bilan ta'minlaşga katta yordam beradi.
Bu yerda bir narsani aytib ötiş lozim. Yadro energetikasidan bexabar hamyurtlarimiz AES töxtamasdan işlab, uzluksiz elektr energiyasi işlab çiqarar ekan degan fikrga kelmasliklari kerak. AES reaktorlari tez-tez töxtatib turiladi. Sababi esa har xil, masalan, reja böyiça, nazorat signalizatsiyalari yoki mayda kutilmagan hodisalar sababli töxtaşi mumkin. Yoki yoz oylarida kuçli qurğoqçilik bölsa, suv yetişmasligi sababli töxtab qolişi ham mumkin.
- AES quvvati Özbekistonning qança hududini elektr bilan ta'minlay oladi?
- Agarda mamlakatimiz iqtisodiyotining uzoq muddatli rivojlanişini közda tutib gapirsak, qurilişi rejalaştirilgan AES barça elektr energiyasining taxminan 15-17 foizini berişi mumkin. Bu juda katta uluş. Hududlar böyiça esa hisoblaş qiyin. Agarda AESning bor quvvatini viloyatlarga bölib berişni faraz qilsak, AES kelajakda taxminan uçta viloyatni elektr energiyasi bilan töliq ta'minlaşi mumkin.
- Bugungi kunda AESga muqobil, uning örnini bosa oladigan elektr stansiyasi mavjudmi?
- AES bilan muqobil energiya manbalarini faqat energiya işlab çiqariş kuçi orqali taqqoslaş qiyin va unçalik töğri emas. Ikkala energiya manbaining kuçli va zaif tomonlari bor.
Bir tarafdan muqobil energiya manbalari bugungi kunda juda samarali va energiya işlab çiqariş uskunalarining narxlari tez pasaymoqdaki, köp mamlakatlarning energiya tizimida muqobil energiya uluşi tezlik bilan oşib, boşqa manbalar uluşi pasayib bormoqda.
Ikkinçi tarafdan, yadro energetikasi bugungi kunda eng arzon elektr manbai bölib qolmoqda va energiya uzatiş barqarorligi boşqa manbalarga nisbatan işonçli. Şuni unutmaslik kerakki, yadro energetikasining özida ham katta özgarişlar kutilmoqda. Bugungi kunda uran emas, toriyni yonilği sifatida işlatadigan reaktorlar işlamoqda. Yoki katta reaktorlar örniga, kiçkina va mobil reaktorlar sinovdan ötkazilmoqda. Masalan, faqat 20 megavatt yoki 200 megavatt energiya beradigan kiçkina avtonom reaktorlar sinalmoqda. Yaqin kelajakda şunday reaktorlar işlab çiqarilişi mumkinki, har bir viloyatda yoki kerakli sanoat parklarida özlarining avtonom «AES»ini qurib beriş imkoniyatlari paydo bölişi mumkin böladi. Bular sinovdan ötkazilayotgan energiya manbalaridir.
Biz hozir energiya sohasida katta özgarişlar davrida yaşayapmiz. Menimça, Özbekistonda muqobil energiya vositalarini yaxşi baholay olmayapmiz. Qaror va topşiriqlar yetarliça bölişiga qaramasdan, bu sohada katta özgarişlar va investitsiyalar kam. Bu sohani ommaviylaştira olmayapmiz.
Ozgina kulgili bölsa ham, men AES bilan muqobil energiya manbalari kuraşini ötgan asrning 90-yillaridagi uy telefoni bilan uyali telefonlar kuraşiga taqqoslamoqçiman. Esingizda bölsa, uyali telefonlarni ilgari faqat öziga töq odamlar işlata olgan va unga qarşi bölganlar bu yangi aloqa vositasini qöpol, katta va signali kuçsiz, asosiysi, juda qimmat deb tanqid qilişgan. Quyoş, şamol, biomodda va şunga öxşaş tabiiy manbalardan energiya oliş uslublari yildan-yilga takomillaşib bormoqda. Biz bu trenddan orqada qolmasligimiz kerak. Bölmasa, bir kun kelib rivojlangan davlatlar «qöl telefoni»ni işlatib yurganda, biz «uy telefoni»ga boğlanib qolişimiz mumkin.
- Nima uçun Germaniyada yadroviy reaktorlarni yopiş dasturi qabul qilingan?
- Germaniyada jami 17ta reaktor mavjud. Ba'zilari hozirda har xil sabab bilan töxtatilgan, misol uçun ta'mirlaşga. Qolganlari esa 2022 yilga borib töxtatilişi kerak. Germaniyadagi energiya manbalari şunday bölinganki, şimolda muqobil energiya uluşi kuçli, aksariyat yadro reaktorlari esa mamlakat janubida joylaşgan. 2022 yilga borib haqiqatan barça reaktorlar töxtatiladimi yoki yöqmi, hozirça aniq javob yöq, Çunki misol uçun, Bavariya hukumati ba'zi reaktorlardan foydalaniş muddatini 2022 yildan keyinga uzaytirib berişni söramokda.
Bu davlatda sanoat juda kuçli rivojlangan va yadro energetikasining uluşi 20-22 foizni taşkil qiladi. Savol tuğiladi, AESlarning uluşi katta bölsa, sanoatga katta elektr manbalari kerak bölsa, nemislar nima uçun yadro energetikasidan voz keçişga qaror qilişdi?
Nemislar yadrodan voz keçiş uçun bir neçta muhim qadamlarni bosib ötişdi:
- işlab çiqariş sohalaridagi energiyatalab texnologiyalar yangi tejamkor uskunalarga almaştirilmoqda;
- muqobil energiya manbalariga e'tibor kuçaydi va davlat oxirgi yillarda bu sohaga katta mablağ sarflamoqda va bu manbalarning samaradorligi oşib bormoqda;
- nemislarning AESlar xavfsizligiga işonçi sezilarli darajada pasaydi va köpçilik aholi hukumatning yadro energiyasi uluşini bosqiçma-bosqiç kamaytiriş rejasini qöllab-quvvatlayapti.
- Özbekistonda AES qurilişi böyiça qanday takliflaringiz bor?
- Özbekistonda AES qurilişi masalasi töğrisida odamlar ikki guruhga bölinib qoldi. Ba'zilar qarşi, ba'zilar bu qarorni qöllab-quvvatlayapti. Bu tuşunarli holat. Lekin hammamizning maqsadimiz bitta – Özbekistonda sanoatni rivojlantiriş orqali işsizlikni kamaytiriş, xalq farovonligini oşiriş. Şu maqsad bizni birlaştirişi kerak.
«Özatom», «Özbekenergo» va uşbu loyiha bilan şuğullanayotgan davlat taşkilotlari xodimlari bir tomondan va xolis mutaxassislar boşqa tomondan işçi guruhini taşkil qilişi va AES qurilişi loyihasini amalga oşiriş vazifalari, loyihaning moliyaviy şartlari, infrastruktura masalasi, kadrlar tayyorlaş jarayoni kabi masalalarni birgalikda körib çiqişini taklif qilaman.
Ba'zan şunday loyihalar böladiki, tezlik ularning oxirgi natijasiga salbiy ta'sir körsatişi mumkin. AES qurilişi ana şunday loyihalar sirasiga kiradi. Bu kabi loyihalarni çet elda yillab tayyorlaşadi. Sabablari tuşunarli – loyiha juda qimmat va öziga yaraşa xavfli.
«Rosatom» biz uçun yetkazib beruvçi, sotuvçi taşkilot va biz esa mijoz sifatida ulardan zarur ma'lumotlarni sörab va muhim narsalarni tekşirib olişimiz kerak.
Misol uçun, «Rosatom» Finlyandiyada qurayotgan AESning birinçi okrugi reaktorining payvandlaş işlari sifatini xolis taşkilotlar tekşirib, öz xulosalarini berdi. Biz özimiz hozirça bunday nozik va muhim qurilişlarni tekşira olmaymiz.
Özbekiston Yadro fizikasi instituti reaktorida tajriba sifatida energiya çiqariş akademik tadqiqot sifatida yaxşi amaliyot. Lekin amalda AES quriş, uning kamçiliklarini quruvçi taşkilotga körsatiş va ularni nazorat qiliş umuman boşqa iş va mas'uliyat demakdir.
Özbekistonda bu sohada yetarli darajada tajribali mutaxassislar kam, şuning uçun mutaxassislarni taşqaridan jalb qiliş lozim.
Mening taklifim, Özbekistondagi AES qurilişi jarayonini va quriliş sifatini xolis, tajribali taşkilot tekşirib turişi kerak.
Çexiyadagi Hamé korporatsiyasining Rossiyadagi filiali direktori, Niderlandiyadagi Impress kompaniyasining Şarqiy Yevropadagi işlab çiqariş va savdo böyiça filiali boşliği, Belgiyaning Ontex International kompaniyasida işlab çiqariş zavodining direktori lavozimlarida işlagan.
Hozirda Şveytsariyaning Royal Lake, United Energy investitsiya fondlarining infrastruktura va energetika sohasidagi investitsiyalari bilan şuğullanadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi