Sport | 12:39 / 31.10.2018
9349
1 daqiqa o‘qiladi

Qatardagi jahon chempionatidayoq 32tadan ortiq jamoa qatnashishi mumkin

FIFA prezidenti Janni Infantino keyingi mundialdayoq ishtirokchilar soni oshirilishi mumkinligini aytib o‘tdi. Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionatida ishtirokchilar soni 32tadan ortiq bo‘lishi mumkin.

«Biz jahon chempionati ishtirokchilari sonini 32tadan 48taga oshirish bo‘yicha qaror qilgandik, bu o‘zgarishlar 2026 yilda amalga kirishiga kelishilgan. Bu 2022 yildayoq ro‘y berishi mumkinmi? Biz bunday variantni ham ko‘rib chiqamiz. Agar buning iloji bo‘lsa, nega qarshi bo‘lar ekanmiz?

Vaziyatni o‘rganib chiqishimiz kerak. Qatarlik do‘stlarimiz va mintaqadagi boshqa vakillar bilan bu masalani muhokama qilishni boshlaganmiz. Umid qilamizki, buni uddalaymiz», — deya Infantinoning so‘zlarini keltirgan Reuters.

32 ishtirokchini nazarda tutuvchi hozirgi format 1998 yilgi jahon chempionatida joriy etilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid