Özbekiston Respublikasining Qozon şahridagi (Rossiya Federatsiyasi) Boş konsuli etib Fariddin Nasriyev tayinlandi. U bunga qadar TIV Konsullik-huquqiy departamenti direktori örinbosari lavozimida işlagan.
Öz faoliyatini boşlayotgan Boş konsulxonaning konsullik okrugiga Tatariston Respublikasidan taşqari Rossiya Federatsiyasining yana 13 hududi: Boşqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijniy Novgorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm ölkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Udmurt Respublikasi, Ulyanovsk viloyati, Çuvaş Respublikasi kiradi.
Avval Rossiyada Özbekistonning ikkita taşqi siyosiy vakolatxonasi – Moskvadagi elçixona va Novosibirskdagi konsulxona faoliyat yuritgan. Joriy yilda Özbekiston Sankt-Peterburg, Yekaterinburg va Vladivostokda ham boş konsulxonalar oçgan.












