Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov Rossiyaga «juda kuchli bosim» shakllari haqida gapirdi
RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Rossiya tomoniga «juda kuchli bosim» o‘tkazilmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, bu bosim turli shakllarga ega, jumladan, iqtisodiy sanksiyalar joriy etish, Rossiya chegaralariga yaqin hududda harbiy faollikni kuchaytirish va Rossiyaga qarshi qaratilgan axborot kampaniyasi kabilar.
«Bir qator davlatlarda rus tili va Rossiya ta'lim tizimiga hujumlar borgan sari kuchaymoqda», - dedi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklarning jipslashishi bu harakatlarga munosib javob bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya NATO kemalarini Azov dengiziga kiritmasligi xabar qilingandi.
Qrim rahbari Sergey Aksyonovning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevning Azov dengizidagi vaziyatni yanada keskinlashtirish va Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarga erishish bo‘yicha urinishlari Kiyevning o‘ziga zarba beradi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026