«Minimalka» oşiriladi, savdo-sotiq qiliş qoidalari soddalaştiriladi, unning bozor narxlari joriy etiladi. Norma 2018 yil noyabrdagi şu va boşqa yangiliklar haqida şarh taqdim etdi.
  
Birinçidan, eng kam iş haqi, pensiya va stipendiyalar örta hisobda 10%ga oşiriladi. Eslatib ötamiz, bu yil davomidagi ikkinçi indeksatsiya. Avvalgisi 15 iyulda amalga oşirilgan, uning örtaça miqdori 7%ni taşkil etgan edi.
 
Ikkinçidan, savdoni erkinlaştirişning navbatdagi bosqiçi boşlanadi:
 
a) tovar-xom aşyo birjalari birjada sotiladigan mahsulotlarni saqlaş va logistika qiliş, şuningdek AKTni işlab çiqiş va joriy etiş böyiça şu'ba xöjalik birlaşmalarini tuza oladilar. Import böyiça olib kelingan yuqori likvidli mahsulotlar esa içki bozorda çeklovlarsiz – birja orqali yoki töğridan-töğri sotilişi mumkin (ilgari – faqat birja orqali);
 
b) naqd pul tuşumini topşiriş/inkassatsiya qiliş tartibi soddalaştiriladi, korporativ bank kartalari yordamida hisob-kitob qilganda esa oldi-sotdi şartnomasini tuzmaslik mumkin, biroq invoys (hisobvaraq-faktura) rasmiylaştiriş zarur.
 
Uçinçidan, 1-nav buğdoy uni narxini belgilaşning bozor mexanizmlari joriy etiladi. Eslatib ötamiz, 15 sentabrdan buyon tartibga solinadigan ulgurji sotiş narxi – 1 kg uçun 1 400 söm amal qilib kelmoqda.

Törtinçidan, oy boşidan boşlab farmatsevtika sohasida yangi qoidalar qöllaniladi:
 
a) dori vositasi röyxatdan ötkazilganligi guvohnomasi örniga tegişli Davlat reyestridan köçirma beriladi. U ariza beruvçining xohişiga köra taqdim etiladi. Davlat xizmatlari körsatilganda köçirma talab qilinmaydi, u davlat organlariga töğridan-töğri elektron körinişda (ariza beruvçining iştirokisiz) yuboriladi. Tartibga soluvçi hujjatga ayni paytgaça tuzatişlar kiritilmaganligi bois mazkur köçirma haq evaziga beriliş/berilmasligi masalasi oçiqligiça qolmoqda (röyxatdan ötkaziş guvohnomasini berganlik uçun 2 EKIH undirilar edi). Bundan buyon röyxatdan ötişning amal qiliş muddatini uzaytiriş kerak emasligi quvonarli hol. Dastlabki 5 yillik muddat ötgaç, Davlat reyestriga ma'lumotlar kiritiladi va unda doim saqlanadi;
 
b) dorixonalar va uning filiallari «angro» mahsulotini (yirik qadoqdagi dori vositalari va keyinçalik işlab çiqariş uçun işlatiladigan xom aşyo) sotişga haqlilar. Uni maxsus uskunadan foydalangan holda özlari qadoqlaşlari, öraşlari va markirovka qilişlari mumkin. Tibbiyot muassasalari, ş.j. davlat tibbiyot muassasalari «angro» mahsulotini sotib olişlari mumkin. Sotiş tartibi 1 noyabrgaça tasdiqlanişi kerak edi.