Organizmda D vitaminining miqdori yurak va tomirlar soğlom bölişi va uzoq vaqt zöriqişlarga çidamli böliş imkoniyatiga ta'sir qiluvçi eng kuçli omillardan biri ekanligi aniqlandi. Bunday xulosaga EJPC naşrida maqola çop etgan kardiologlar kelişgan.
“Tadqiqotimizning körsatişiça, organizmda D vitaminining katta miqdorda bölişi yuqoriroq çidamlilik bilan boğlangan. Bundan taşqari, u suyak va yurakka ijobiy ta'sir körsatişini hamma yaxşi biladi. Şu sababli oziqaviy qöşimçalar qöllab yoki şunçaki quyoşda yurib, uning miqdorini uşlab turiş kerak”, deb aytgan Virjiniya universitetidan Amr Maravan.
Baliq yoği va D vitamini olimlar avval bilmagan köplab foydali xususiyatlarga ega. Misol uçun, olimlar D vitamini infarktdan öliş ehtimolini kamaytirişi, sklerozning rivojlanişini sekinlaştirişini aniqlaşgan.
Amerikalik molekulyar biologlar D vitamini organizm hujayralarini qariş va uning oqibatlari, jumladan saraton rivojlanişidan himoyalaşda muhim rol öynaşini aniqlaşgan. Ular katta miqdorda uşbu vitamin bilan boqilgan çuvalçanglarni kuzatib şunday xulosaga kelişgan. Bundan taşqari, baliq yoği qand kasalligi va bir qator boşqa kasalliklarning rivojlanişidan himoya qiladi.
Olimlar D vitaminining yana bir ijobiy xususiyatini oçişgan. Aniqlanişiça, organizmda uşbu vitamindan qançalik köp bölsa, yuklamalarni kötariş qobiliyati şunçalik yaxşi böladi.
Biroq olimlarning ta'kidlaşiça, yuqoridagi xulosalar baliq yoği va D vitamin bölgan qöşimçalarni istalgan miqdorda iste'mol qiliş mumkinligini anglatmaydi – ular organizmda me'yordan köpayib ketganda iste'mol qilinişidan olinadigan barça “plyus”larni yöqqa çiqaruvçi jiddiy buzilişlar rivojlanişi mumkin. Kardiologlar yaqin istiqbolda D vitaminining çidamlilikni maksimal yaxşilovçi va şu bilan birga salbiy asoratlarga olib kelmaydigan optimal dozasini aniqlaşmoqçi.












