Iqtisodiyot | 15:12 / 01.11.2018
17986
3 daqiqa o‘qiladi

Ekspert: «O‘zbekiston yevrobondlar chiqarganidan so‘ng rivojlanayotgan bozorlar inqiroziga tushib qolishi mumkin»

Foto: Forbes

Yil boshidan buyon dollar jahon valyuta bozorida yetakchilik qilib, valyutalar, aksiyalar va rivojlanayotgan bozorlar obligatsiyalariga katta miqdorda bosim o‘tkazmoqda. Deyarli barcha valyutalar zaiflashdi, deb yozadi investitsion maslahatchisi Rayner Maykl Prayss.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, yil boshidan buyon dollar jahon valyuta bozorida yetakchilik qilib, valyutalar, aksiyalar hamda rivojlanayotgan bozorlar obligatsiyalariga katta bosim o‘tkazmoqda. Ko‘p yillar davomida kapital quyilmalar tarixi AQShning pul-kredit siyosati va miqdoriy yumshatishiga ijobiy munosabatda bo‘lgan, bu ko‘plab yangidan paydo bo‘layotgan bozorlarning ortiqcha qarzdorligiga olib kelgan.

«Bugungi kunda inflyatsiya bosimi o‘smoqda, qator Markaziy banklar esa, katta ehtimol bilan, trendlarga ulgurmayapti. Foiz stavkalari hamon juda past darajada qolayotgan bo‘lishi mumkin, bunga narx bosimi va o‘sib borayotgan dollar tufayli mahalliy valyutalar zaifligi sababdir», - deydi Prayss.

Rayner Maykl Prayss
Foto: CNBC

Masalan, Turkiya, qachonlardir investorlarning eng yaxshi ko‘rgan davlati, hozirgi kunda haqiqiy inqirozni boshidan kechirmoqda. Turk lirasi dollarga nisbatan o‘z qiymatining 45%ini yo‘qotdi, qisqa muddatli foiz stavkalari esa kapital ustidan nazorat kuchayishi bo‘yicha xavotirlar fonida 19%dan oshib ketdi.

Prayssning qayd etishicha, o‘zbek so‘midan tashqari deyarli barcha valyutalar zaiflashgan. Uning fikricha, bunga sabablardan biri mamlakatda deyarli qarzlar yo‘qligi hamda u o‘z eshiklarini endi ochishga kirishayotganida.

«Bu yil O‘zbekiston 300 million dollarlik yevroobligatsiyalar sotishni rejalashtirmoqda. Agar chiqarilish muvaffaqiyatli o‘tsa, ko‘plab xalqaro investorlar radarlari tomonidan ilgari payqalmagan mamlakat rivojlanayotgan bozorlarning keng ko‘lamli inqiroziga tushib qolishi mumkin», - deya ta'kidlaydi Prayss.

Uning so‘zlariga qaraganda, rivojlanayotgan bozorlarda yuz berayotgan holat jahon likvidliligi bilan bog‘liq vaziyat keskinlashgani natijasidir. Bu dinamik inflyatsiya, joriy amaliyotlar bo‘yicha defitsit oshib ketgani hamda byudjyet tanqisligining xavfli birikmasidir.

Turkiyaning muammosi juda jiddiy bo‘lishi mumkin, u katta xatarlardan darak beradi. Sababi asosiy Markaziy banklar o‘z siyosatini tuzatishga harakat qilmoqda, shuningdek, savdo urushining kuchayishi bo‘yicha xatarlar bor.

Mavzuga oid