Ispaniya çempionatining 9-turida «Sevilya»ga qarşi öyinda jarohat olgan «Barselona» hujumçisi Lionel Messi klub maşğulotlariga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Futbolçi «Sevilya»ga qarşi öyinning birinçi bölimida öng qölidan jarohat olib maydonni tark etgandi. Uni stadiondan şifoxonaga olib borişgandi.

Avvalgi xabarlarda Messi 3 haftaga safdan çiqqani va jamoasining 6 öyinini ötkazib yuborişi aytilgandi. U 28 oktabr kuni «Real»ga qarşi keçgan (5:1) öyinda maydonga tuşmadi.

Ayni vaqtda 31 yoşda bölgan Messi katalonlar klubida barça turnirlar doirasida 12 uçraşuvda maydonga tuşgan va 12 gol muallifi bölgan, şuningdek, 6 golga uzatma bergan.