Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining “Umumta'lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan umumta'lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari tasdiqlanishi mumkin.
Hujjatga ko‘ra, umumta'lim muassasasining oliy ma'lumotli pedagog kadrlar bilan ta'minlanganligi borasida pedagog kadrlarning tarifikatsiya ro‘yxati asosida o‘rganiladi va belgilangan yuqori balga nisbatan foiz hisobida (proporsiya tuzish orqali) quyidagicha baholanadi:
KB=(KPKT*5)/100
KB – ko‘rsatkich balli;
KPKT – pedagog kadrlar bilan ta'minlanganlik ko‘rsatkichi.
Rahbar tomonidan xodimlarning samarali mehnat qilishlari va o‘quvchilarning sifatli ta'lim olishlari uchun shart-sharoitlarning yaratilganligi bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish hamda joyida o‘rganilib, so‘rovnomada qatnashganlarning necha foizi ijobiy fikr bildirishgan bo‘lsa, belgilangan yuqori ballga nisbatan foiz hisobida (proporsiya tuzish orqali) quyidagicha baholanadi:
KB=(KShShYa*5)/100
KB – ko‘rsatkich balli;
KShShYa – shart-sharoit yaratilganligi bo‘yicha ijobiy fikr bildirganlar ko‘rsatkichi.
Umumta'lim muassasasini boshqarishning ochiqligi, uni boshqarishda ta'lim oluvchilar, ota-onalar va keng jamoatchilik fikri inobatga olinishida umumta'lim muassasasining:
rasmiy veb-sayti yaratilgan, undagi ma'lumotlar yangilanib turilgan bo‘lsa - 5 ball;
rasmiy veb-sayti yaratilgan, undagi ma'lumotlar yangilanmagan bo‘lsa - 2 ball;
rasmiy veb-sayti yaratilmagan bo‘lsa - 0 ball berish orqali baholanadi.
Umumta'lim muassasasida pedagog kadrlar, ta'lim oluvchilar va ota-onalar o‘rtasida sog‘lom muhit yaratilganligi bo‘yicha umumta'lim muassasasining kuzatuv kengashi:
tashkil etilgan bo‘lib, uning faoliyati me'yoriy hujjatlarga mos ravishda olib borilayotgan bo‘lsa - 5 ball;













