Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga quyidagi o‘zgartishlar kiritilishi mumkin:

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentabrdagi 2015-XII-son Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartishlar kiritiladi:

1) 256-moddaning:

to‘rtinchi qismidagi «Harbiy avtomobil inspeksiyasi» degan so‘zlar «Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi» degan so‘zlar bilan almashtiriladi;

beshinchi qismidagi «Harbiy avtomobil inspeksiyasi» degan so‘zlar «Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi» degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

2) 287-moddaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«4) Qurolli Kuchlar transport vositalarini boshqaruvchi haydovchilar yoki boshqa shaxslar ushbu Kodeksning 125, 125-1, 126, 127, 128, 128-1, 128-2, 128-3, 128-4, 128-5, 128-6, 129, 130, 131, 133, 134, 135, 135-1, 136, 137, 138, 141-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda – Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan;».

3) 291-modda:

birinchi qismining «b» kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«b) Qurolli Kuchlarning transport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar va boshqa shaxslar yo‘l harakati qoidalarini buzganda – Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan;»;

uchinchi qismidagi «va chegara qo‘shinlarining» degan so‘zlar chiqarib tashlanadi.