Özbekiston Matbuot va axborot agentligining “Özbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy naşriyoti “Mening birinçi ensiklopediyam” turkumida belgilangan 50 nomdagi bolalar ensiklopediyasining 10tasini naşrdan çiqardi.

Har bir ensiklopediya özi ixtisoslaşgan sohaga oid ma'lumotlarni qisqa va lönda şaklda, yoş körsatkiçlari inobatga olingan holda özida jamlagan. Matnlar bevosita illyustratsiyalar bilan boyitilgan. Bolajonlar uşbu kiçik ensiklopediyalarni öqir ekan, borliq va undagi mavjud tur va xillarning yaralişi, tuzilişi, tarkibi, voqeliklarning tarixi, ulkan kaşfiyotlar va kişilik jamiyatining turli sohalariga oid bölgan dastlabki qomusiy ma'lumotlarga ega böladilar. 

1. “Texnika olamiga sayohat” nomli ensiklopediyada avtomobillarning yaratilişi tarixi, turlari va yana boşqa köplab umumiy jihatlar haqida söz boradi. Unda bolajonlar avtomobillar tuzilişi, kuzov turlari, bir-biridan ajoyib poyga avtomobillari, oilaviy avtomobillar haqida töliq ma'lumotlarga ega bölişi mumkin. Uşbu naşr öquvçilarga avtomobillar haqida ma'lumot beriş bilan birga ularda yangidan-yangi ixtirolar uçun rağbat hosil qiladi.

2. “Bu juda qiziq” nomli inson haqidagi tasavvurlarga ega bölişga kömaklaşadigan ajoyib kiçik ensiklopediyada mehmon – Özga sayyoralik Yer kurrasining mezboni – Inson bilan özaro muloqotga kirişadi. Kitobda Özga  sayyoralik mehmon özi bergan turli savollarga javob oliş mobaynida odam va uning tuzilişi haqida ma'lumotlarga ega böladi.

3. “Kapalaklar olami” nomli ensiklopediya yordamida siz Yer yuzida mavjud bölgan kapalaklarning turlari, ularning öziga xos xususiyatlari, tuzilişi haqida ma'lumotlar örin olgan. 

4. “Koinotga sayohat” nomli kiçik ensiklopediya aziz bolajonlarni koinot sarhadlari böylab sayohatga çorlaydi. “Buyuk portlaş” natijasida olam yaraldi. Koinot paydo böldi. Yer, Quyoş, sayyoralar… xullas, hayot boşlandi. Uşbu kitobda tabiat hodisalarining nima ekanligi, tarixi, qanday yuzaga kelişiga doir savollarga ilmiy asoslangan holda javob berilgan. 

5. “Dunyo böylab sayohat” ensiklopediyasi kitobxon bolajonlarni yer kurrasining eng gözal maskanlari bilan taniştiradi. Kitobxonlar uşbu bilimlar saltanatida dunyoning istalgan nuqtasida joylaşgan davlatlar, şaharlar, ularning qaysi qit'ada joylaşgani, maydoni, aholi soni, davlat tili, unda yaşovçi turli millatlar va elatlar, ularning madaniyati, urf-odatlari, xuşmanzara joylari bilan yaqindan tanişadilar. Kitobda yana har bir davlatning qiyofasi, tarixiy va dunyoga maşhur joylari rangli rasmlar bilan körsatilgan.