2024 yilgi davlat dasturi loyihasida körsatilişiça, 2025 yilgaça köp jildli “Özbekiston tarixi ensiklopediyasi” tayyorlanadi. Ensiklopediyani yaratiş ÖzFA va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida amalga oşirilişi közda tutilgan.
Ensiklopediya Özbekiston tarixi haqida işonçli ma’lumotlar yetkazilişini ta’minlaş maqsadida tuziladi. Bu rejani amalga oşiriş uçun 3 ming yildan köp bölgan Özbekiston tarixini aniq davrlarga bölib, ularning barça jihatlarini tarixiy dalillar asosida obektiv va tanqidiy örganişni taşkil etiş körsatilgan. Şuningdek, rejaga köra mavzu yönalişlarini çuqur ilmiy örganiş uçun har yili 10 tagaça davlat maqsadli grantlarini ajratiş reja qilinyapti.
Ma’lumot uçun, “Özbekiston – 2030” strategiyasining 2024 yilga möljallangan rejasi bilan bu yerda töliq tanişiş mumkin. Loyiha regulation.uz normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylangan. Muhokama 14 fevralgaça davom etadi.
















