Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Şuhrat Sodiqov «Siemens» kompaniyasi vitse-prezidenti Aleksandr Liberov boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.


Uçraşuvda Özbekistonda «Xavfsiz şahar» loyihasini amalga oşiriş böyiça tomonlarning özaro hamkorligi masalalari muhokama qilindi.
«Xavfsiz şahar» kompleksi içki işlar organlari, davlat organlari va boşqa taşkilotlari axborot tizimlari, videokuzatuv, qoidabuzarliklarni qayd etiş, obektlarni qöriqlaş, ehtimoliy tahdidlarga javob qaytariş va ogohlantiriş tizimlari, intellektual tahlil datçiklari hamda navbatçilik-dispetçerlik markazlari va ma'lumotlarni qayta işlaş markazlarining qoidabuzarliklar profilaktikasi böyiça boşqa axborot tizimlarini integratsiya qilişni nazarda tutadi.
Uçraşuvda Şuhrat Sodiqov ötgan asrning 90-yillaridayoq Özbekiston va «Siemens» kompaniyasi örtasida özaro işonçga asoslangan samarali hamkorlik yölga qöyilganini e'tirof etarkan, mamlakatda «Xavfsiz şahar» loyihasini amalga oşirişda uşbu kompaniyaning boy tajribasi va ilğor amaliyotlarini hisobga olişga qaror qilinganini ta'kidlab ötdi.
«Siemens» kompaniyasining vitse-prezidenti A.Liberov ötgan yilning 15 noyabrida Özbekiston Respublikasi boş vaziri A.Aripov va «Siemens» kompaniyasi texnik direktori R.Buş örtasida uçraşuv ötkazilgani va unda «Xavfsiz şahar» loyihasini amalga oşiriş böyiça anglaşuv memorandumi imzolanganini qayd etdi. Şuningdek, u «Siemens» kompaniyasi Özbekistonda bu loyihani amalga oşirişda iştirok etişdan mamnunligini bildirib, nafaqat pilot loyiha, balki loyihaning butun Özbekiston hududida amalga oşirilişiga xayrixoh ekanini ta'kidladi.
Uçraşuv davomida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta'minlaşga kömaklaşiş markazi «Xavfsiz şahar» loyihasini amalga oşirişda mas'ul taşkilot ekani va markaz tomonidan bir qator vazifalar bajarilgani qayd etildi. Jumladan, loyihaning texnik vazifasi işlab çiqilgan, apparat-dasturiy kompleksining asosiy jihatlari va loyihani amalga oşiriş bosqiçlari aniqlab olingan.
Pilot loyihasini (Samarqand şahrida) amalga oşiriş doirasida yil oxirigaça iş hajmini aniqlaş va hisob-kitoblarni tayyorlaş taklif etildi. Bu tomonlar örtasida imzolanişi kutilayotgan Kelişuvda aks etadi.











