Umumfoydalanişdagi muqobil yöllar bölgan joylarda pullik magistral yöllar quriladi. Ularda yöl qöyiladigan eng yuqori tezlik belgilanganidan 20 km/soatga ortiq böladi, foydalanganlik uçun haq esa sutkadagi vaqtga qarab tabaqalaştiriladi, deb yozmoqda Norma.
 
Hukumat 2018–2022 yillarda Özbekiston Respublikasida yöl harakati xavfsizligini ta'minlaş konsepsiyasini amalga oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlarni qabul qiliş niyatida. Hozir ular QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.
 
Pullik avtomobil yöllari tarmoği barpo etilişi mamlakatimiz uçun yangi holat, şu sababli zarur normativ-huquqiy bazani yaratiş talab etiladi. «Pullik avtomobil yöllari töğrisida»gi qonunni qabul qiliş közlanmoqda.
 
Pullik yöllar davlat-xususiy şeriklik asosida quriladi. Bunday hamkorlik tartibini işlab çiqiş lozim.
 
Avtomobil yöllari davlat qömitasi va IIV yangi infratuzilma obektlarini barpo etiş böyiça investitsiyaviy majburiyatlarni qabul qilgan holda pullik magistral yöllarni quriş uçun hududlar röyxatini yangi yilgaça işlab çiqişi rejalaştirilmoqda.
 
Şuningdek 2019 yilda mamlakatning barça mintaqalarida pullik magistral yöllarni bosqiçma-bosqiç joriy etiş böyiça yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oşirişga doir takliflar işlab çiqiladi.
 
Loyiha rad etilişi, özgartirilişi yoki unga qöşimça kiritilişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Çimkent va Özbekiston çegarasi örtasidagi yöl qismi pullik bölişi xabar berilgandi.