AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeoning ma'lum qilişiça, Turkiyaning NATO tarkibidan çiqib ketişi alyans uçun «muvaffaqiyatsizlik» böladi. Pompeoning Tony Katz Today radioşousi uçun intervyusi stenogrammasi Davlat departamenti saytida e'lon qilindi.
Davlat kotibining umid qilişiça, Turkiya hukumati Qöşma Ştatlar Eronga qaraganda ança afzalroq ittifoqdoş ekanini anglaydi. Şuningdek, uning tan olişiça, Donald Tramp prezidentlik muddatining boşida AQŞ va Turkiya örtasida «murakkab munosabatlar» bölgan. Pompeo qayd etişiça, bu holat sönggi paytlarda yaxşilandi.
«Agar bu sodir bölganda edi (Turkiyaning NATO tarkibidan çiqişi), bu NATO uçun ham, Amerika Qöşma Ştatlari uçun ham muvaffaqiyatsizlik bölardi. Mening öylaşimça, bunday vaziyat Turkiya xalqi tomonidan ham yaxşi kutib olinmasdi», - deya xulosa qildi Pompeo.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ va Turkiya prezidentlari Donald Tramp hamda Rajab Toyyib Erdöğan Qoşiqçi hamda Branson işini muhokama qilişgandi.












