Saudiya Arabistoni boşçiligidagi arab koalitsiyasi Yaman hukumat qöşinlarining harbiy bazasi obektlariga 30dan ortiq zarbalar berdi. Bu haqda Al-Ekhbaria telekanali koalitsiya vakiliga asosan xabar qilmoqda.

Harbiylar vakilining ta'kidlaşiça, aviazarbalardan maqsad ballistik raketalar, ularni uçiş moslamalari va uçuvçisiz uçar qurilmalar bölgan. Uning qayd etişiça, bazaga juda yaqin masofada joylaşgan Sana xalqaro aeroporti aviazarba paytida zarar körmagan va öz faoliyatini oddiy rejimda davom ettirmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq OAV AQŞ Yamandagi uruşni tugatiş niyatida ekanini xabar bergandi.

New York Magazine’ning yozişiça, Amerika Qöşma Ştatlari Yamandagi uruşga butunlay yakun yasaş niyatida. Xususan, bu hafta AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo va Pentagon rahbari Jyeyms Mettis Yamandagi uruşni tugatişga çaqirişdi. AQŞ mudofaa mahkamasi rahbarining sözlariga köra, «tinç jarayonga nafaqat yaqin kelajakda harakatlaniş kerak», balki Vaşington buni yaqin «30 kun içida» qilişi kerak, deyiladi materialda.

Naşrning ta'kidlaşiça, bu Yamanda uç yil muqaddam uruş boşlanganidan beri u haqdagi eng qat'iy bayonotdir. Uşbu qadamlar BMT tomonidan «dunyodagi eng yomon gumanitar inqiroz», deb ataluvçi Yamandagi uruşni tugatişga qaratilgan muvofiqlaştirilgan turtkining bir qismidir, deb yozadi NY Mag.