“Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillaştiriş va jinoyatlarni tizimli tahlil qiliş samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2018 yil 1 dekabrdan jinoyatlar, ularni sodir etgan şaxslar va jinoyat işlarining yagona hisobi Boş prokuratura tomonidan yuritiladi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi telegram-kanali.
“Elektron jinoiy-huquqiy statistika” yagona axborot tizimi joriy etiladi. Mazkur tizimda elektron statistik kartoçkalar orqali jinoyat işlari, tergovga qadar tekşiruv materiallari, sud muhokamalari, sud qarorlari ijrosi natijalari, ayblanuvçi va jabrlanuvçilar böyiça ma'lumotlar kiritib boriladi.
Şuningdek, endilikda jinoyat işlari hamda tergovga qadar tekşiruv materiallariga tartib raqami Yagona axborot tizimiga tegişli statistik ma'lumotlar kiritilgandagina beriladi.
Farmon bilan Boş prokuratura tuzilmasida Jinoiy-huquqiy statistika boşqarmasi va Jinoyatlarning sodir etilişi sabablarini tizimli tahlil qiliş va örganiş markazi taşkil etildi.
Bundan taşqari, Toşkent şahar Şayxontohur tumanida, 2019 yil 1 fevraldanToşkent şahrining boşqa tumanlarida jamoatçilik asosida faoliyat yuritadigan, jinoyat sodir etilişining sabablarini tizimli tahlil qiladigan ekspert-tahlil guruhlari tajriba sifatida joriy etiladi.
Içki işlar vazirligi tuzilmasida esa 2018 yil 1 dekabrdan Axborot markazi va uning hududiy bölinmalari tugatildi. Uning örnida Tezkor-ma'lumotlar boşqarmasi taşkil etildi. Uşbu boşqarmaning xodimlariga lavozim maoşining 30 foizi miqdorida oylik ustama tölanadi.











