Isroil armiyasi Suriya hududida 17 sentabrdan söng, Suriya havo hujumidan mudofaa tizimi Rossiyaga tegişli Il-20 harbiy samolyotini urib tuşirganidan keyin birorta harbiy amaliyotni ötkazmagan. Bu haqda Contra Magazine yozmoqda.
Naşrdan eslatişlariça, Isroil harbiylari mintaqada Rossiyaning S-300 zenit raketa majmualari paydo bölgan taqdirda ham, Suriya hududida bombardimonlarni töxtatmaslikka bir neça marta va'da qilişgandi. Biroq, Il-20 qulaganidan söng, Isroil OAV Suriya böyiça hujumlar haqida birorta ham xabar bermadi.
Contra Magazine hujumlar yuz berayotgani, ammo ular böyiça OAVda xabarlar e'lon qilinmayotgani haqidagi versiyani çiqarib taşladi. Uning taxminiga köra, bunday vaziyat mintaqaga yetkazib berilgan Rossiya qurol-yaroği bilan boğliq bölişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq BMT boş kotibi Suriya böyiça yangi maxsus vakil tayinlagandi.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boş kotibi Antoniu Guterreş taşkilotning Suriya böyiça maxsus vakili lavozimiga diplomat Geyr Pedersenni tanladi. Pedersen uşbu lavozimda Staffan De Mistura örnini egallaydi.












