Astraxan oblasti Krasnoyarsk tumani sudi Rossiya bilan çegarani 43 marta noqonuniy kesib ötgan Özbekiston fuqarosini 1,5 yil muddatga hukm qildi.
«Obzor» ma'lumotiga köra, uşbu şaxsga Rossiyaga kiriş taqiqlangandi, ammo u 2014-2015 yillarda kamida 43 marta Rossiya çegarasini kesib ötgan.
Qayd etilişiça, RF Jinoyat Kodeksi 322 moddasi 2-qismi («RF davlat çegaralarini noqonuniy kesib ötiş») böyiça 4 yilgaça muddatga ozodlikdan mahrum etiş yoki 300 ming rubl (37,3 mln. söm) miqdorida jarima qöllaş belgilangan.












