O‘zbekiston MDH tashkil topganidan buyon birinchi marta Hamdo‘stlikda raislikni qabul qilmoqchi
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkil topganidan buyon birinchi marta O‘zbekiston Tashkilotga raislik qilish niyatida. Bu haqda 2 noyabr kuni MDH hukumat rahbarlari kengashining yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha ijroiya qo‘mita raisi Sergey Lebedev xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2020 yilda Hamdo‘stlikda raislik qilish niyatida ekanini yana bir bor tasdiqlagan.
«Bizning o‘zbek do‘stlarimiz o‘zlarining raisliklariga juda mas'uliyatli tayyorgarlik ko‘rishmoqda va hozirdan turli tashabbuslarni bildirishmoqda. Bugun O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan O‘zbekistonda MDH mintaqalari forumini o‘tkazish bo‘yicha bir qator takliflar bildirildi. Kelgusi yilning mart oyi oxirida ular Toshkentda MDH moliyaviy-bank forumini o‘tkazishni taklif qilishdi, katta ehtimol bilan, 28-29 mart kunlari», - dedi ijroiya qo‘mitasi rahbari.
MDH 1991 yilda tashkil etilgan. O‘zbekiston 1992 yil yanvar oyida Tashkilotni tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi.
Mavzuga oid
16:12 / 22.11.2024
Tanzila Norboyeva Rossiyada MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasida ishtirok etdi
14:04 / 08.11.2024
MDH davlatlari 2030 yilgacha harbiy hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqadi
16:41 / 03.11.2024
O‘zbekiston rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi
14:50 / 31.10.2024