AQŞ Içki işlar vazirligi rahbari Kirsten Nilsenning ma'lum qilişiça, 6 noyabrda bölib ötadigan kongressga saylovlar «zamonaviy davrdagi eng xavfsiz jarayonga aylanadi». Bu haqda Fox News xabar qilmoqda.

Uning sözlariga köra, Qöşma Ştatlardagi mavjud vaziyat 2016 yildagi holatdan farq qiladi. Uning qayd etişiça, mamlakat saylov jarayoniga har qanday aralaşuvga tayyor turibdi.

«Menimça, prezident aniq gapirdi: agar bizga hujum qilişsa, özimizni himoya qilamiz», - dedi Nilsen.

Uning qöşimça qilişiça, buning uçun hukumat tasarrufida bölgan barça vositalar işlatiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Xitoyning tijorat josusligi bilan kuraş boşlagani xabar qilingandi.

CNN telekanalining ta'kidlaşiça, AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'muriyati Xitoy tomonidan iqtisodiy josuslikka qarşi kuraş böyiça çoralar körmoqda. Şuningdek, amaldorlar Amerika kompaniyalarini himoya qilişga urinişmoqda va tijorat sirlarini öğirlaş bilan kuraş böyiça yangi çoralar haqida e'lon qilişdi.