Kimdir hazm qiliş jarayoni oson bölişi uçun suvni ovqatdan keyin içgan ma'qul, deb hisoblaydi. Yana boşqa birov esa suv me'da şirasi bilan aralaşgaç, hazm qiliş jarayoni sekinlaşişini aytadi. Qay bir fikr töğri? Mutaxassis fikriga quloq tutamiz.

Anna Yurkeviç
Gastroenterolog. Töğri ovqatlaniş va ovqat hazm qiliş tizimining salomatligi töğrisidagi blog muallifi.

“Suv haqida gap ketar ekan, uni qaçon va qanday qilib içiş emas, miqdori muhim hisoblanadi. Biroq bu fikrning ham bir neça “ammo” lari bor. Keling, birgalikda oydinlik kiritamiz.

Ovqatlaniş böyiça qöllanmalarda 25-30ml/kg soni körsatiladi. Bu odam uçun tavsiya etiladigan suv miqdori. Albatta, bu raqam şartli. Odam içişi kerak bölgan suv miqdori köplab omillarga boğliq:

  1. Havoning namligi va harorati.
  2. Odam tanasi harorati.
  3. Yoş va jins.
  4. Jismoniy faollik.
  5. Kasalliklar, birinçi navbatda siydik ajratiş tizimi kasalliklari.

Şaxsiy organizm signallariga, ya'ni çanqaşga qarab suv içiş lozim. Buning uçun yoningizda doim butilkada suv va stakan bölişi kerak. Har 30-60 daqiqada bir höplam suv içing. Suvni çanqoğingiz qonguniga qadar töyib içing.

Suv oşqozon şirasiga aralaşib, kislotalilikni pasaytirişi albatta “lof”.

Aks holda kislotalilikni pasaytiriş uçun maxsus dorilarni buyuriş zarurati bölmasdi. Buning uçun bir piyola çoy içişning özi yetarli bölardi.

Ovqatdan oldin ham, tanovul qiliş vaqtida va undan keyin ham suv içiş mumkin. Gap şundaki, oç qoringa içilgan suv undan tezda çiqib ketadi: 300 ml suv çiqib ketişi uçun  5-15 daqiqa yetarli böladi. Albatta, ovqatdan oldin bir litr suv içiş yaramaydi. Çunki bu holatda suyuqlik oşqozondan çiqib ketişi uçun köproq vaqt ketadi. Iste'mol etilgan ovqat sabab oşqozon kengayadi va yoqimsiz hislarga sabab böladi.

Ovqat vaqtida suyuqlik içiş kerak. Ayniqsa quruq yegulik iste'mol qilayotgan bölsak. Bu holatda suv ovqatni yumşatib, maydalaydi va uning yaxşi ötişiga yordam beradi.

Agar ovqatdan keyin ham bir neça höplam suv içişni istasangiz, bu - normal holat. Asosiy mezon – sizning istagingiz, ya'ni çanqaş va boşqa hislar”.