Rossiyada suzuvçi atom energoblokining reaktori işga tuşirildi. Bu ma'lumotni atom tarmoği vakili tasdiqladi.  

Ta'kidlanişiça, 2 noyabrda “Akademik Lomonosov” suzuvçi energobloki öng bortining reaktor qurilmasi işga tuşirilgan. 

20870-loyihadagi “Akademik Lomonosov” suzuvçi energobloki kiçik quvvatli mobil energobloklar seriyasining boş loyihasi hisoblanadi. U suzuvçi atom issiqlik elektr stansiyasi tarkibida işlaşga möljallangan va özidan Rossiya atom kemasozligi texnologiyalari asosidagi energiya manbalarining yangi sinfini aks ettiradi.

Energoblok Çekka Şimol va Uzoq Şark hududlarida qöllaşga möljallangan va uning asosiy vazifasi çekka sanoat korxonalari, port şaharlari, dengizda joylaşgan gaz va neft platformalarini energiya bilan ta'minlaşdan iborat. Energoblokni 2019 yil dekabrda ekspluatatsiyaga kiritiş rejalaştirilgan. 

Ma'lum qilinişiça, “Akademik Lomonosov” 100 ming aholiga ega şaharni ta'minlaşga yetadigan elektr va issiqlik energiyasi işlab çiqara oladigan 2 ta reaktor qurilmasi bilan jihozlangan.