Qozoğistonning Atirau şahrida yaşovçi erkak göyoki unga tegişli bölgan murda dafn etilgandan 2 oy ötib uyiga qaytib keldi.
Erkak uyidan 20 iyunda çiqib ketib, qaytib kelmagan. U avval ham ba'zida ogohlantirişsiz ketgani sababli, yaqinlari huquq-tartibot idoralariga iyul oyidagina murojaat qilişgan.
Ma'lum vaqtdan keyin erkakning oila a'zolarini ölikxonaga çaqirtirib, bir murda körsatilgan. Murda çirib ketgani sababli uni tanib bölmagan, biroq genetik ekspertiza u 99,92 foizga yöqolgan erkakniki ekanligini körsatgan. Sentyabrda erkak “dafn qilinib”, oilasiga ölganlik haqidagi guvohnoma berilgan.
“Erkakning yaqinlari u qidiruvda bölganda tölangan pensiyani davlatga qaytarib berişgan”, deb aytilgan xabarda.
Biroq oktabr oxirida “marhum” kutilmaganda uyiga qaytib kelgan. U yozda bozorda bir kişi bilan tanişgani, u kişi uni viloyatdagi dehqon xöjaliklaridan birida işlaşga köndirganini ma'lum qilgan. Erkak 4 oydan keyin uyiga qaytişga qaror qilgan.
Endi erkakning yaqinlari genetik ekspertizani ötkazgan mutaxassislarni sudga berişmoqçi.












