UFC prezidenti: “Xabib jangi uchun 50 mln olishi mumkin”
UFC prezidenti Dana Uayt Konor Makrgegor bilan suhbati mazmuni bilan o‘rtoqlashdi. Uaytning aytishicha, irlandiyalik yakkakurash jangchisi rossiyalik Xabib Nurmagomedov bilan yana jang o‘tkazish ishtiyoqi bilan yonmoqda.
Nurmagomedov 6 oktabrda Las-Vegasda o‘tgan musobaqada Makrgegorni bo‘g‘ish usuli bilan muddatdan oldin mag‘lub etgandi.
“Yengil vaznda biror narsa rejalashtirishdan avval, Nevada shtati atletik komissiyasining Nurmagomedov-Makgregor jangi bo‘yicha qaror qabul qilinishini kutmoqdamiz. Makgregor bilan o‘tgan hafta bir soatcha gaplashdik. O‘sha-o‘sha Konor: “Men zudlik bilan revansh o‘tkazishni, u bilan yana jang qilishni istamoqdaman. Agar revansh bo‘lmasa, unga chiqish uchun istalgan jangchi bilan urishishga tayyorman”. Xabib jamoasining jang uchun 50 mln dollar olish talabi qanchalik haqiqatga yaqin? Albatta, olishi mumkin. Ular bu real narsaligini bilishadi. Ular bu savolga javobni bilishadi”, deb aytgan Uayt.
Mavzuga oid
08:00 / 26.11.2019
Xabib Nurmagomedov keyingi jangini Toni Fergyusonga qarshi o‘tkazadi
00:44 / 18.09.2019
Xabib Nurmagomedov faoliyatini yakunlagach kim bo‘lmoqchiligini aytdi
21:36 / 15.09.2019
Nurmagomedov Porega bergan va'dasi ustidan chiqdi
21:40 / 10.09.2019