2019 yildan Özbekiston umumiy örta ta'lim maktablarida işlayotgan 1-toifali öqituvçilar maoşi 2,2 mln söm atrofida böladi. Bu haqda Moliya vaziri örinbosari Dilşod Sultonov OAV vakillari bilan 2018 yil byudjyet ijrosi va 2019 yilgi davlat byudjyeti parametrlariga bağişlangan uçraşuvda ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, 2018 yilda ayrim toifadagi xodimlarning iş haqi miqdorini tabaqalaştirilgan holda oşiriş imkoni paydo bölgan. Jumladan, maktabgaça ta'lim muassasalarining pedagog va rahbar xodimlari, defektolog va psixologlari iş haqi miqdorini oşiriş uçun joriy yilning mart-dekabr oylarida 315,0 mlrd söm ajratilgan.
Sultonovning aytişiça, 2018 yil 1 martdan oliy ma'lumotli tayyorlov guruhi (5 yoşdan 6-7 yoşgaça) tarbiyaçilarining iş haqi 30 foizga, 2018 yil 1 sentabrdan yana 44 foizga oşirildi. Şu tariqa ularning bazaviy tarif stavkalari umumta'lim maktablari boşlanğiç sinflar öqituvçilari bazaviy tarif stavkalarining hajmlariga tenglaştirildi. Şu bilan ularning iş haqi 2019 yil 1 yanvar holatiga 1 mln 614 ming sömga yetadi.
“Bunga qöşimça ravişda umumta'lim maktablari öqituvçilarining malaka toifasidan kelib çiqqan holda oşiriş, malaka toifasini beriş tartibini takomillaştiriş töğrisida qaror qabul qilindi. Unga binoan, I bosqiçda 2018 yil 1 sentabrdan boşlab boşlanğiç sinflar öqituvçilari bazaviy tarif stavkalari miqdori 10 foizga, yuqori sinf öqituvçilari bazaviy tarif stavkalari miqdori 24 foizgaça, direktorlar, ularning örinbosarlari va kutubxonaçilar bazaviy tarif stavkalari miqdori 10 foizga oşirildi.
II bosqiçda malaka toifasiga qarab öqituvçilarga 10 foizdan 25 foizgaça, direktorlar, ularning örinbosarlari va kutubxonaçilarga yana 10 foizga oşirildi. Natijada 2019 yil 1 yanvarga kelib, 1-toifali öqituvçining bazaviy tarif stavkasi 45 foizga oşadi. Qölga tegadigan oylik iş haqi, direktor jamğarmasidan örtaça 10 foizgaça ustama hamda daftarlarni tekşirganligi va sinfga rahbarlik qilgani uçun qöşimça haqlar tölansa, şuningdek soliq islohoti natijasida uning oladigan maoşi 2,2 mln sömni taşkil etadi”, - deya raqamlar bilan izohladi Dilşod Sultonov.
Vazir örinbosarining ma'lum qilişiça, malaka toifasiga ega bölmagan mutaxassis öqituvçi va oliy toifali öqituvçi örtasidagi farq 21 foizdan 38 foizga oşadi. Joriy yilda oliy öquv yurtlari professor va öqituvçilari iş haqini oşiriş töğrisida ikkita qaror qabul qilingan, jumladan:
- 2018 yil 1 sentabrdan boşlab oliy ta'lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-öqituvçilarining lavozim maoşlarini tabaqalaştirilgan holda – örtaça 25 foizga oşirildi. Buning samarasi ölaroq, stajyer-öqituvçi hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega professor iş haqining miqdorlari örtasidagi tafovut 90-yillar darajasida tiklandi va ikkiga bir nisbatni taşkil qildi.












