«Mançester Siti» Angliya Premer-ligasining 11-turida «Sauthempton» ustidan yirik ğalabaga erişdi. Mançesterdagi «Etihad — Siti of Mançester» stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining 6:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
«Mançester Siti» tarkibida Serxio Aguero, David Silva, Leroy Sane va Rahim Sterling (dubl) gollarga mualliflik qilişdi, yana bir gol «Sauthempton» himoyaçisi Uesli Hudt nomiga avtogol sifatida yozildi. «Şaharliklar» darvozaboni Edersonni faqat Denni Ings penaltidan gol urib ranjita oldi.
Endilikda «Mançester Siti» oçkolari sonini 29taga yetkazgan holda 27 oçkoga ega «Liverpul»n quvib ötib, Angliya çempionati turnir jadvalida peşqadamlikni yana öz qöliga oldi, «Sauthempton» 7 oçkosi bilan 16-örinda qolmoqda.
Keyingi turda «şaharliklar» öz maydonida «Mançester Yunayted»ni qabul qiladi (11 noyabr), «avliyolar» öz uyida «Uotford»ga qarşi öynaydi (10 noyabr).
Angliya çempionati
11-tur
Mançester Siti – Sauthempton 6:1
Gollar: 1:0 – 6, avtogol Xudt, 2:0 – 12 Aguero, 3:0 – 18 Silva, 3:1 – 30, penalti Ingz, 4:1 – 45 Sterling, 5:1 – 67 Sterling, 6:1 – 90 Sane.
Mançester Siti – Ederson, Stounz (Kompani, 68), Mendi, Uoker, Laport, Silva (Foden, 72), Fernandino (Delf, 79), Sterling, Bernardu Silva, Sane, Aguero.
Sauthempton – Makkarti, Stivens, Bertran, Soareş, Xudt, Redmond (Elyunussi, 73), Uord-Prouz (Obafemi, 73), Lemina, Xeyberg, Long, Ingz (Armstrong, 82).
Ogohlantirişlar: Uord-Prouz (10), Aguero (38).












