Zöravonlikning turli körinişlariga duç kelayotgan xotin-qizlar uçun işonç telefoni raqami e'lon qilindi. Kun.uz muxbiri Özbekiston Respublikasi Boş vazir örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi Tanzila Norboyeva bergan ma'lumotlarga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
“Zöravonlikka duç kelayotgan ayollar yoki atrofdagilarning şunday munosabatga yöliqayotganiga guvoh bölayotgan kişilar 1146 işonç telefon raqamiga qönğiroq qilib, murojaat qilişlari mumkin”, - deydi Boş vazir örinbosari.

Bugunga kelib Özbekiston böylab jami 130 ta markaz faoliyat yuritmoqda. Ularda zöravonlikdan jabr körgan ayollarga psixologik, huquqiy, ijtimoiy va tibbiy yordam körsatilmoqda. Bunday markazlarda ayollarning vaqtinça kun körişi uçun zarur qulayliklar yaratilgan.
Ma'lumotlarga köra, hozirga qadar ayollar ijtimoiy moslaşuv markazlari tomonidan 485 nafar oilaviy zöravonlikdan jabr körgan ayollarga yordam körsatilgan.
Bundan taşqari, Tanzila Norboyevaning ma'lum qilişiça, bugungi kunda qizlar uçun tibbiy maqsadlarda xizmat qiluvçi 1003 işonç telefon xizmati ham işga tuşirilgan. Organizmida muayyan özgarişlarni sezgan yoki ginekologik masalalarda savollari bölgan qizlar yuqorida keltirilgan raqamga qönğiroq qilişlari mumkin.
















