AQŞ Eronning 700 dan köproq şaxsi, taşkiloti, samolyotlari va kemalarini sanksiyalar röyxatiga kiritdi. Bu haqda AQŞ moliya vazirligi ma'lum qildi.

Unga köra, “qora” röyxatga Eronning eng yirik aviakompaniyasi Iran Air, Eron atom energiyasi taşkiloti, 70 ta moliyaviy taşkilot, jumladan 14 ta yirik bank tuşgan. Vaşington bu taşkilotlarni “barqarorsizlaştiruvçi faoliyat”ni moliyalaştirişda ayblamoqda.

Bu taşkilotlar bilan biznes olib boruvçilar AQŞning ikkilamçi sanksiyalari ostiga tuşişi mumkin. Biroq 7 ta davlat Eron bilan iş olib borişda vaqtinçalik istisno oldi: Xitoy (jumladan, Tayvan), Hindiston, Italiya, Gretsiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Turkiya.

AQŞ moliya vazirligida bu sanksiyalar Tehronga qarşi bir vaqtda kiritilgan eng katta kölamli çoralar ekanligi ta'kidlab ötilgan.

Ta'kidlanişiça, sanksiyalar Eron tuzumiga misli körilmagan moliyaviy bosim ötkazadi va Eronning batamom yadroviy qurolga ega bölişi oldini oladigan va ballistik raketalar işlab çiqarişini töxtatadigan bitim böyiça kelişişga imkon beradi.

AQŞ moliya vaziri Stiven Mnuçin Tehron uşbu sanksiyalar tufayli moliyaviy yakkalaniş va iqtisodiy turğunlikka uçraşini aytgan. Şu bilan birga AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo Eron bilan atom böyiça yangi bitim tuziş ehtimoli borligini aytgan.

Eron rahbariyati yangi sanksiyalarga keskin munosabat bildirdi. Jumladan, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakat neft sotişni davom ettirişini va Vaşingtonni afsus qilişga majbur qilişini aytgan.