Qöşma Ştatlar Gretsiya, Hindiston, Italiya, Turkiya, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Xitoy hamda Tayvanni Eronga kiritilgan "neft" sanksiyalaridan çiqardi. Bu haqda AQŞ davlat kotibi Maykl Pompeo ma'lum qildi.

"Biz bir neçta mamlakat uçun vaqtinçalik istisno kiritiş va neft bozoridagi yuqori talabni ta'minlaşga qaror qildik. AQŞ Eronga qarşi sanksiyalar doirasida Xitoy, Hindiston, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya vaTayvan uçun istisno kiritadi. Bu davlatlarning har biri oxirgi olti oy içida Erondan neft sotib olişni sezilarli darajada kamaytirdi", - dedi u.

Uning ta'kidlaşiça, AQŞ Eron neft importini nolga tuşiriş uçun boşqa davlatlar bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. 

"20dan ortiq importçi mamlakatlar Erondan neft sotib olişni nolga tuşirdi va şu tarzda bozordan 1 mln barrel Eron nefti çiqib ketdi. May oyidan bugunga qadar Eron rejimi neft savdosida 2,5 mlrd dollar daromad yöqotdi", - dedi Pompeo.

Pompeo şuningdek, "Buşer" AESi va mamlakatdagi ikkita yadroviy loyiha sanksiyalarga tuşmasligini qöşimça qildi.

U nazarda tutgan ikki loyiha Arak va Fordodagi obektlar bölişi mumkin. Buşerdagi AES esa Rossiya tomonidan qurilgan bölib, bu obektga yadroviy yonilği Rossiya tomonidan yetkazib beriladi.