Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko bir vaqtlar uçgan Tu-154M samolyoti sotuvga qöyildi.
1995 yilda işlab çiqarilgan, EW-85815 bort raqamiga ega samolyot uçun savdolar Minsk aeroportida 5 dekabrda boşlanişi rejalaştirilgan. “Belavia” aviakompaniyasida samolyot davlat rahbari tomonidan qöllangani haqidagi ma'lumotni tasdiqlaş yoki rad etişga haqli emasliklari aytilgan.
“Biz savdoga qöyilgan samolyotning körsatkiçlari haqidagi ma'lumotni bera olamiz”, deb aytgan aviakompaniya vakili.
Lukaşenko samolyoti haqidagi ma'lumot uning Xitoyga 2016 yildagi safari vaqtida paydo bölgan. Prezidentga tegişli Tu-154M Novosibirskda qönib ötgan va aynan şu yerda qayd qilingan.
Samolyotning boşlanğiç narxi 2 mln dollardan köproqni taşkil qiladi. Savdolarda uşbu summadan 10 foiz bönak kiritadigan istalgan taşkilot yoki şaxs iştirok eta oladi.












