Microsoft korporatsiyasi asosçisining fikriça, bu odamlarga iş örinlarini saqlab qoliş imkonini beradi. U bu haqda Nikkei gazetasiga bergan intervyusida aytib ötdi.
"Soliq solinişining asosiy ğoyasi şundaki, siz kapital yoki iş kuçidan soliq yiğasiz, robot esa kapitaldir. Hozirda iş kuçiga solinadigan qator soliqlar mavjud, masalan, daromad soliği, ammo vaqti kelib odamlar iş örinlarini saqlaşga ehtiyoj sezadi, oddiy xodimlarga bölgan talabni oşiriş uçun turli çegirma va subsidiyalarga ega bölamiz", dedi Geyts.
"Agarda odamlarni işga oliş örniga robot sotib olişga qaror qilsangiz, buni amalga oşirişingiz mumkin böladi. Ammo soliq soliş tizimi sizni har qanday holatda odamlarni yollaş imkoniyatini körib çiqişga majbur qiladi. Hozirda esa buning aksi bölmoqda", deb qöşib qöydi u.












