Xorazmlik jurnalist, «Xorazm yoşlari» gazetasi muharriri örinbosari lavozimida işlab kelayotgan Davlatnazar Rözmetov ozodlikka çiqdi.
7 sutkalik ma'muriy qamoq jazosini ötagan mutaxassis Kun.uz muxbiriga qisqaça intervyu berdi.
«Avvalo meni va oilamni qöllab-quvvatlab turgan döstlarimga, hamkasblarimga va umuman barçaga öz minnatdorçiligimni bildiraman. 29 oktabr kuni Qöşköpir tumani ma'muriy sudi hukmiga asosan 7 sutkaga qamaldim. Muddat tugagaç, Xudoga şukr, 5 noyabr kuni ozod böldim.
Meni Qöşköpir tumani IIB tergov izolyatorida joy yöqligi sababli, Xazorasp tumani IIB tergov izolyatoriga olib kelişdi. Jazoni şu yerda ötadim. Bu yerda heç qanday tazyiq yoki bosimga uçramadim, qiynoqqa tutilmadim. Ammo şaroitlar birmunça oğir ekan, şu köngilni xira qildi.
Bölib ötgan voqealarga keladigan bölsak, vaziyat matbuotda yozilganidan boşqaçaroq edi. Bu haqda özim batafsil ma'lumot berişni rejalaştirganman», - dedi Rözmetov.
Eslatib ötamiz, jurnalistning qamalişiga sabab qilib, Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 183-moddasi nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgani bildirilgandi.











