Eron qurolli kuçlari 5 noyabr kuni kuçga kirgan AQŞ sanksiyalari ortidan "Velayyet-97" deb nomlangan yirik harbiy maşğulotlarni ötkazmoqda. Bu haqda Al-Sumaria telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, duşanba kuni boşlangan ikki kunlik maşğulotlarga Eron armiyasi va "islom inqilobi qöriqçilari" Korpusi jalb etilgan. Harbiylar Eronning markaziy, ğarbiy va şimoliy qismlaridagi 500 kvadrat metr maydonda maşğulot ötkazmoqda. Mahalliy OAVning bildirişiça, maşğulotlar davomida Eronda işlab çiqarilgan qurollar, xususan "Xordar-3" raketadan mudofaa qiliş tizimi va "Talaş" zenit-raketa tizimi sinovdan ötkazilgan.

AQŞ prezidenti Donald Tramp 8 may kuni Vaşington 2015 yilda Eron bilan tuzilgan kelişuvdan çiqişini ma'lum qilgan va yangi sanksiyalar joriy etişini ma'lum qilgandi. 

Sanktsiyalarning birinçi qismi 7 avgust kuni, ikkinçi qismi esa 5 noyabr kuni kuçga kirdi.