Tetovo (Makedoniya) Yevropaning eng iflos şaharlari röyxatida peşqadam bölib kelmoqda. Röyxatdagi şaharlar indeks raqamlari böyiça tartibga solingan bölib, Tetovo 97,57 ball körsatkiçi bilan , uning ortidan Makedoniyaning yana boşqa şahri - Skope 84,61, Italiyaning Napoli şahri esa 82,5 indeks körsatkiçi bilan iflos şaharlar uçligini yakunlagan. Bu haqda Pollution Index 2018 Mid-Year hisobotida şunday deyiladi.
Uşbu röyxatda Sankt-Peterburg 64,47 ball bilan 17 örinni va Moskva - 63,02 ball bilan 19 örinni egalladi.
Yevropaning eng toza şaharlari etib Helsinki (Finlyandiya), 13,49, Reykyavik (Islandiya), Şveytsariyaning Tsyurix şaharlari tan olingan. Şuningdek, Stokholm şahri ham (Şvetsiya) 16,62 körsatkiç bilan e'tirof etilgan.
Eslatib ötamiz, Özbekiston şaharlar şu tarzdagi hisobotlarga kiritilmagan bölsada, mamlakatda 2019 yil 1 yanvardan boşlab atrof muhitni ifloslantiriş uçun kompensatsiya tölaşning yangi tartibi amal qiladi. Yangi tartib-qoidaga muvofiq, eng kam oylik iş haqi miqdori kompaniyalarning quyidagi faoliyatlari uçun kompensatsiyani hisoblaş tatbiq etiladi:
- atmosferaga çiqadigan ifloslantiruvçi moddalar çiqindilari, koeffitsiyentlar va ifloslantiruvçi moddalar turini körsatgan holda;
- 1 tonna yonilği yoqilğisini yoqib atmosferaga ifloslantiruvçi moddalar çiqişi (jismoniy şaxslardan taşqari);
- ifloslantiruvçi moddalarni suv obektlariga, yer osti va şahar kanalizatsiya tarmoqlariga oqiziş;
- çiqindilarni yöq qiliş (toksik / toksik bölmagan).
Özbekiston iqlim özgarişi böyiça Parij bitimiga qöşilgan. Imzolaş marosimi 2017 yil 19 aprel kuni BMTning Nyu-Yorkdagi ştab-kvartirasida bölib ötgandi. Oradan bir yildan ortiq vaqt ötib, Oliy Majlis Senatida Parij bitimini ratifikatsiya qiliş töğrisidagi qonun qabul qilindi.
Parij bitimi BMT konvensiyasi doirasida atmosferadagi karbonat angidridini 2020 yilgaça kamaytiriş böyiça çora-tadbirlarni tartibga soluvçi, iqlim özgarişi böyiça qabul qilingan muhim hujjatdir.
Bugungi kunga kelib, 170 davlat uşbu şartnomani ratifikatsiya qilgan, bu esa atmosfera emissiyasini kamaytiriş, iqlim özgarişiga moslaşiş, xususan global temperaturani 1,5 daraja santigrat darajagaça çeklaş böyiça sa'y-harakatlarni amalga oşirişga qaratilgan. Özbekiston şartnomani imzolagan 195 davlatning biriga aylandi.












