Sport | 00:19 / 06.11.2018
5895
2 daqiqa o‘qiladi

Italiya Superkubogi uchun o‘yin Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi

Foto AFP

Italiya Superkubogi uchun 2019 yil 16 yanvarga belgilangan o‘yin Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. O‘tgan mavsumda ham chempionatda, ham kuboqda “Yuventus” g‘alaba qilgani sababli, Superkubok uchun Italiya kubogi sohibi “Yuventus” va kubok finalchisi “Milan” kurashadi.

“Yuve” va “Milan” Italiya Superkubogi doirasida oxirgi marta 2016 yil Qatarda uchrashgan. O‘shanda Dohadagi shayx Jassim bin Hamad nomidagi stadionda penaltilar seriyasida g‘alabani “Milan” qo‘lga kiritgan.

Italiya Superkubogi uchun o‘yinlar turli vaqtlarda AQSh, Liviya va Xitoyda bo‘lib o‘tgan. 2002 yil Liviya poytaxti Tripolida o‘tgan uchrashuv musobaqa tarixida eng ko‘p tomoshabin – 88 ming muxlisni yig‘gan. 

“Milan” va “Yuve” Superkubok bahslarida eng unvondor jamoalar hisoblanadi. Ikkala jamoa ham bu unvonni 7 martadan qo‘lga kiritgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid