6 noyabr kuni matbuotda «Barselona» himoyaçisi Jordi Albaga daxldor ikkita yangilik paydo böldi.

Ispaniyaning Sport naşriga köra, klub u bilan şartnomani uzaytirişni istamoqda. Uşbu taşabbus bevosita boş murabbiy Ernesto Valverdedan çiqqani aytilmoqda. Albaning amaldagi bitimi muddati 2020 yil yozida nihoyasiga yetadi.

Ikkinçi xabar mamlakatning boşqa bir naşri – El Pais`ga tegişli bölib, naşrning yozişiça, keça Jordining xonadoniga öğri tuşgan.

Xabarda aytilişiça, duşanba kuni keçasi soat 20:00 ga yaqin Kataloniya politsiyasiga öğrilik haqida qönğiroq bölgan. Dastlabki taxminlarga köra, öğrilar hovliga boğ orqali kirişgan. Ular uyning boğ tomonga qaragan derazasi plastik pardasini sindirib, ikkinçi qavatdagi xonalarga çiqişgan, söng seyfni buzib oçişgan, şoşilinçda tartibsizlik bilan tortma va şkaflarni titişgan.

Bu vaqtda oila a'zolari pastki qavatda bölgan, ular heç narsani sezişmaganini aytişmoqda. Xordining özi Milanda edi. U bugun jamoa tarkibida «Inter»ga qarşi öyinda maydon tuşişi mumkin.

Politsiya hozirça öğrilarning neça kişi bölganini aniqlaşga erişmagan.

Barselona şahrining La Bonanova mavzesida joylaşgan turar-joy qöriqçilari heç narsani körmagan, ular faqatgina töxtab turgan avtomaşina katta tezlik bilan yura boşlaganidan şubhaga tuşganini aytişgan.

Hozirga qadar öğirlangan moddiy buyumlar yoki ularning qiymati haqida ma'lumotlar yöq.