Italiyalik mutaxassis Juzeppe Yakini «Empoli» klubiga bosh murabbiy qilib tayinlandi.

54 yoshli mutaxassis bu lavozimda qoniqarsiz natijalar tufayli iste'foga chiqarilgan Aurelio Andreatsolli o‘rnini egalladi.

A Seriya 11 turidan so‘ng, «Empoli» 6 ochko bilan chempionat jadvalida 18-o‘rinda bormoqda.

Yakini murabbiylik faoliyatini 2001 yilda boshlagan va «Pyachentsa», «Kevo», «Sampdoriya», «Siyena», «Palermo», «Udineze», «Sassuolo» klublarida ishlagan.