00:46 / 18.12.2016
6727

Italiya A seriyasi. «Milan» o‘z uyida ochko yo‘qotdi

Foto: © AP

Italiya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yevropa chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan «Milan» bu turda o‘z uyida «Atalanta»ni qabul qildi.

«San-Siro»da kechgan uchrashuvda 90 daqiqa mobaynida jamoalar darvozalarni ishg‘ol qilishni uddalay olishmadi. Natijada «Milan» peshqadamlarning o‘zaro o‘yini oldidan ularga yaqinlashib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.

«Milan» ushbu durangdan keyin 33 ochko bilan uchinchi o‘rinda qoldi. «Atalanta» esa 29 ochko to‘plagan holda 6-pog‘onani egallab turibdi.

Shuningdek, yana bir uchrashuvda «Empoli» Levan Mchelidze tomonidan kiritilgan ikkita gol evaziga «Kalyari»dan ustun keldi. Ushbu g‘alabadan keyin jamoa 14 ochko to‘plagan holda 17-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Kalyari» esa 20 ochko bilan 14-o‘rinni egallab turibdi.

Italiya A seriyasi. 17-tur

Milan – Atalanta 0:0
Milan:
Donnarumma, Paletta, Antonelli (De Shilo, 71), Abate, Romanoli, Pashalich, Bertolachchi, Bonaventura (Nyang, 87), Kutska, Suso, Lapadula (Bakka, 82).
Atalanta: Sportello, Toloi, Kaldara, Masello (Zukanovich, 58), Kessie, Kurtich (Drame, 64), Spinatstsola (Froyler, 70), Gomes, Galyardini, Konti, Petanya.
Ogohlantirishlar: Spinatstsola (25), Bonaventura (26), Masello (36), Bertolachchi (64), Pashalich (74), Konti (80), Petanya (87), Gomes (90), Sportello (90).

Empoli – Kalyari 2:0 (1:0)
Gollar:
Mchedlidze (8, 72).
Empoli: Skorupski, Dzambelli (Chosich, 25), Bellushi, Kosta, Paskual (Dimarko, 23), Krunich, El-Hoji, Kroche, Saponara, Marilungo, Mchedlidze (Jilardino, 82).
Kalyari: Storari, Isla, Cheppitelli, Alvesh, Pizakane, Dessena (Joao Pedro, 69), Padoin, Barella (Di Jyennaro, 51), Farias, Sau (Jannetti, 60), Melkorri.
Ogohlantirishlar: Padoin (5), Saponara (14), Kosta (35), Krunich (42), Melkorri (43), Marilungo (45), Dessena (55), Farias (57), Mchedlidze (65), Isla (71), Jilardino (90).

Top