7 noyabr kuni Çempionlar ligasi doirasida bölib ötgan «Mançester Siti» - «Şaxtyor» uçraşuvida boş hakam Viktor Kaşşai qöpol xatoga yöl qöydi.

Gap şundaki, uçraşuvning 23-daqiqasi boşlangan soniyalarda mezbonlar hujumçisi Rahim Sterling raqib jarima maydoniga kirib borib, gazonni tepib yuborişi natijasida muvozanatni yöqotib yiqilib tuşdi. Bu vaqtda 20 metrlar çamasi narida turgan vengriyalik hakam vaziyatga himoyaçi tomonidan qoida buzilişi deb baho berdi va 11 metrlik nuqtani körsatdi. Vaholanki ukrainlar himoyaçisi Mikola Matviyenko hujumçiga na qöli bilan va na oyoği bilan tegingan, unga korpus bilan tösqinlik qilişga ham urinmagan edi – u Rahimning ortidan faqat ta'qib qilib kelayotgan edi xolos.
Raxim Sterling v kaçestve pretendenta na «Oskar» 😂 pic.twitter.com/ew9hRjfkEV
— Çempionat (@championat) 8 noyabrya 2018 g.
Sterlingning özi ham vaziyatga oydinlik kiritişga urinmaganini qayd etib ötiş joiz. Jamoa guruh autsayderini öz maydonida qabul qilayotgan va katta ehtimol bilan ğalabaga erişişi tayin edi. Şunga qaramay, Rahim öz aybini tuşunib yetdi va öyindan söng uzr söradi.
«Töpni örtaça kuç bilan oşirmoqçi böldim, keyin nima bölganini esa bilmayman. Natijada maydonga ağanab yiqilib tuşdim.
Himoyaçi bilan kontakt bölganini sezganim yöq, bu mening aybim edi. Çimni tepib olib, qoqilib tuşgandim. Buning uçun hakam va «Şaxtyor» jamoasidan uzr sörayman», - degan Sterlingning sözlarini keltirib ötdi BT Sport.

Yakunda, Gabriel Jyezus penaltini muvaffaqiyatli amalga oşirgaç, hisob 2:0 körinişiga keldi va ikkinçi bölimda yana törtta töp kiritgan «şaharliklar» yirik hisobdagi ğalabani qölga kiritdi.
Ma'lumot uçun, Viktor Kaşşai jahon futbolida öz nomiga ega referilardan biri sanaladi. U JÇ-2010da işlagan, şundan söng YeÇLning 2011 yilgi finalini boşqarib borgan. Kuzatuvçilar sönggi vaqtlarda uning hakamlik faoliyati sifati tuşib borayotganini qayd etişgan. Keçagi bahsdagi xatosidan söng u YeÇLdan çetlatilişi mumkinligi aytilmoqda.












