Qirğiziston Qozoğistondan keyin Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotida raislik qiladi. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya prezidentining yordamçisi Yuriy Uşakov ma'lum qildi.
“Biz Qozoğistonning KXŞTda raislik qilgan vaqtidagi işini ijobiy baholaymiz. Qozoğistondan keyin raislik Qirğizistonga ötadi”, deb aytgan Uşakov.
Qozoğiston KXŞTdagi raislikni taşkilotning Ostonada 8 noyabrda ötadigan sessiyasida Qirğizistonga topşiradi.
Uşbu sessiyada Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov taşkilotdagi raislik vaqtidagi rejalar haqida sözlab berişi kutilmoqda.
Hozirda KXŞTga 6 ta davlat – Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozoğiston, Qozoğiston va Tojikiston kiradi.












