Liviyalik marşal Halifa Xaftar Moskvaga keldi va Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu bilan uçraşdi. Bu haqda Al Wasat portali ma'lum qildi.
Portal ma'lumotlariga köra, Şoygu va Xaftar Liviya inqirozini hal qiliş yöllari va terrorçilikka qarşi kuraşni muhokama qilişgan. Xaftar, şuningdek, rossiyalik amaldorlar bilan Liviya va xalqaro maydondagi voqealarni hamda ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilmoqçi.
Xaftar Liviya şarqida joylaşgan milliy armiyaga qömondonlik qiladi va Tripolida amal qiluvçi milliy kelişuv hukumatini qöllab-quvvatlamaydi. Armiyaga Liviya şarqidagi parlament va muvaqqat hukumat ittifoqdoş hisoblanadi.
Xaftar avvalroq Palermoda 12-13 noyabrda ötadigan, Liviyadagi vaziyatni tartibga soliş böyiça xalqaro anjumanda iştirok etişini tasdiqlagandi.
Ayni vaqtda Liviyada ikki hokimlik örnatilgan bölib, şarqda xalq tomonidan saylangan parlament, ğarbda – poytaxt Tripolida esa BMT va Yevropa Ittifoqi kömagida şakllantirilgan, Fayoz Sarroj boşçiligidagi milliy kelişuv hukumati faoliyat yuritadi. Mamlakatning şarqiy qismi Tripolidan mustaqil ravişda siyosat olib boradi va jangarilarga qarşi jang olib borayotgan Xaftar boşçiligidagi milliy armiya bilan hamkorlik qiladi.












