Tojikiston şimolidagi Xöjand şahridagi qat'iy tartibdagi axloq-tuzatiş koloniyasida kötarilgan isyonni bostiriş çoğida 2 zobit - qamoqxona nazoratçisi va militsiyaning maxsus bölinmasi xodimi halok bölgan, yana 6 kişi jarohatlangan. Mahbuslar orasida öldirilganlar soni esa kamida 25 nafarni taşkil etmoqda. Bu haqda RIA Novosti Söğd viloyati kuç işlatar tizimidagi manbalarga asoslanib xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, IŞID a'zosi hisoblangan mahbuslardan biri qöriqçilardan birining qurolini olib qöygan va qamoqxona xodimlariga qarata öt oçgan, şundan söng isyon iştirokçilari qamoqxona korpuslaridan birini egallab olgan.
«Isyon vaqtida ikki zobit halok böldi, yana 6 kişi jarohatlanib, şifoxonaga yotqizildi. Ularning hayotiga tahdid yöq», degan agentlik suhbatdoşi.
Manbaning aytişiça, Söğd viloyati huquq-tartibot organlari Xöjandga kiriş va undan çiqiş yöllarini jiddiy nazorat qilmoqda.












